Ozbekiston Super Ligasi oyinlari translyatsiyasiga davogar telekanallar uchun OFF jiddiy shartlar qoydi

Futbol boyicha Ozbekiston Super Ligasining 2018-yilgi mavsumini translyatsiya qilishni istovchi telekanallar OFF shartlariga amal qilishi kerak boladi. Tashkilot rasmiy sayti u nimalardan iborat ekaniga oydinlik kiritdi. Foto: Google ImagesBirinchi navbatda, translyatsiya huquqini qolga kiritgan telekanallar mavsum davomida birgalikda Super Liganing kamida 60 foiz uchrashuvini translyatsiya qilishga majbur. Bungacha asosan Toshkent klublari ishtirokidagi bellashuvlar jonli korsatilgan bolsa, endi viloyatlardagi bellashuvlarga ham etibor qaratiladi.Super Liganing yangi formatiga kora, uning bir mavsumida jami 192 ta uchrashuv otkaziladi. Buning 60 foizi esa 115 tani tashkil qiladi. Shuningdek, OFF yoriqnomasida telekanallar sozi ishlatilgan. Korinishidan, Super Liga oyinlari faqatgina Sport-TV telekanalidagina korsatilmaydi. Katta ehtimol bilan unga UzReport kanali ham raqobatchi boladi.Ozbekiston chempionati oyinlarini translyatsiya qiluvchilar har bir uchrashuvda eng kamida 6 ta kamera ishlashini taminlashi shart. Osha kameralar sekinlashtirilgan kadrlarni ham korsata olishi talab etiladi.OFF va PFL oz yurisdiksiyasi ostida otkaziladigan futbol musobaqalari va tadbirlardagi barcha huquqlar egasi hisoblanadi. Bu huquqlarga moliyaviy, tijoriy, marketing, reklama, barcha shakldagi audiovizual va radio yozuvlarga tegishli huquqlar, shuningdek, intellektual mulk hisoblangan emblema va ramzlardagi mualliflik huquqlari kiradi, deb yozib qoyilgan.Shundan kelib chiqib, Super Liga oyinlari translyatsiyasi huquqini qolga kiritgan telekanallar, musobaqaning titul/rasmiy homiylari va hamkorlarining reklama roliklarini namoyish qilib borishi shart. Uning tartibi tijoriy reglament asosida belgilab olinadi. Super Liganing barcha ishtirokchi klublari tijoriy reglamentga amal qilishga majbur. dle 11.2
0