Hindiston Rossiyadan 240 ta aviabomba sotib oladi

Hindiston mudofaa vaziri Nirmala Sitxaraman Rossiyadan mamlakat harbiy-havo kuchlari uchun aviabombalar sotib olish haqidagi taklifni ma’qulladi. Bu haqda vazirlik bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi  “RIA Novosti”. Foto: “RIA Novosti”Taklif “Rosoboroneksport” kompaniyasidan jami summasi 12 milliard rupiyaga teng (196 million dollar) 240 ta aviabomba xarid qilishga taalluqli.Yuqori aniqlikdagi qurol-aslaha toifasiga kiruvchi mazkur bombalar Hindiston harbiy-havo kuchlarida foydalanib kelinmoqda. Ushbu kelishuv ularning yetishmovchiligini to‘ldirish va harbiy-havo kuchlari hujumkorligini oshirishga qaratilgan. шаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий