AQSh diplomatlari 2017-yil uchun Londondan 300 ming funt qarzdor bo‘lib qoldi

Londonda ishlayotgan AQSh diplomatlari 2017-yil davomida Britaniya poytaxti markaziga kirish uchun yig‘im to‘lanmaganiga qo‘llangan 300 ming funt sterlingdan oshiq jarimani to‘lamadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda. Foto: ReutersAQShning mamlakatdagi elchixonasi London markaziga kirish uchun to‘lov xalqaro qonunchilikka binoan diplomatik vakolatxonaga yuklanmasligi kerak bo‘lgan soliq deb hisoblamoqda.Biroq Transport for London kompaniyasi rahbariyati jarima to‘lanmagudek bo‘lsa, ish sudga oshirilishini bildirdi.Tiqilinchlarning oldini olish va mahalliy aholini jamoat transportidan foydalanishga rag‘batlantirish maqsadida London markaziga kirish uchun to‘lov 2003-yildan beri undirilmoqda. Uni to‘lamaganlik uchun jarima 195 funt sterlingni tashkil etishi mumkin. шаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий