Fransiyada po‘rtana oqibatida salkam 10 ming xonadon elektr ta’minotisiz qoldi

Fransiyada “Karmen” po‘rtanasi oqibatida mamlakat g‘arbidagi salkam 10 ming xonadon elektr ta’minotisiz qoldi. Bu haqda mintaqaga energiya yetkazib beradigan operator sanaladigan kompaniya ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Foto: EADailyJumladan, Bretanda 4,6 ming, Akvitaniyada esa 5 ming xonadon elektrsiz qoldi. Ta’minotni tiklash uchun 1,5 ming kishi jalb etildi.Tabiiy ofat oqibatida bir necha o‘n binoning qisman tomi uchib ketdi, 60 dan ortiq kishi vaqtincha uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Buen munitsipalitetida 80 metrli yelkanli kema vayron bo‘ldi.Fransuz rasmiylari tabiiy ofat haqida Korsika oroli aholisini ham ogohlantirdi. шаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий