Afg‘oniston sharqida IShIDning 65 jangarisi yo‘q qilindi

Afg‘oniston qurolli kuchlari o‘tkazgan yer usti va havo operatsiyalari davomida mamlakat sharqida IShID terrorchi guruhining 65 jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda. Foto: EPABundan tashqari, 18 kishi yaralandi.Nangarxar viloyati rahbari Atoullo Hojiyoniyning rasmiy vakili Xaska Mino tumanida bir tinch fuqaro halok bo‘lganini, 13 kishi yaralanganini bildirdi.31-dekabr kuni mintaqada terakt uyushtirilgan, buning oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan edi. Shundan buyon mintaqada operatsiya davom etmoqda. IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. шаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий