11 oylik bola tanasidan 12 ta ignani chiqarib olgan shifokor: igna tanaga tashqi tomondan tiqilgan holatga birinchi marta duch kelishim

UZ24 nashri 11 oylik chaqaloqning tanasidan 12 dona polat ignani chiqarib olgan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Bolalar jarrohlik bolimi mudiri, professor Habibulla Oqilov bilan intervyu uyushtirdi. Foto: UZ24 Habibulla Ataullayevich, tanasida bir nechta ignalar borligi aniqlangan 11 oylik godak ushbu markazda operatsiya qilingani rostmi? Ha, rost. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Fargona viloyatidagi filiali shifokorlari tomonidan 11 oylik godakning tanasida 15 dona igna borligi rentgen suratlaridan aniqlandi. Shundan song bola joriy yilning 15-yanvar kuni Toshkent shahriga olib kelindi. Bu yerda qaytadan rentgen qilinib, tekshiruvlardan otkazilgach, 17-yanvar kuni bola operatsiya qilindi.Operatsiya davomida ignalarning 11 tasi, yani chaqaloqning boyin, kokrak qafasida turib qolgan, hayot uchun xavf tugdirishi mumkin bolgan ignalar olib tashlandi. Qolgan ignalarni olib tashlashni esa qon-tomir jarrohlari, kardioxirurglar bilan maslahatlashgan holda keyinroqqa qoldirdik. Bolaning ahvoli yaxshilanib, 34 yoshga kirganda ham operatsiyani qilish mumkin. Agar inson tanasidagi yot jism xalaqit bermaydigan joyda joylashgan bolsa, u kop yillar davomida beziyon turgan holatlar uchraydi. Hozir godakning ahvoli qanday? Bemorlarning 3 ta darajasi bor: ogir, orta ogir va ota ogir. Chaqaloqning ahvoli ota ogir darajada... Chunki operatsiyaning ozi 9 soat davom etdi. Katta odamlar ham 34 soatlik operatsiyani kotarishi qiyin. Lekin, koz tegmasin, bolada biroz bolsa-da ijobiy ozgarish bor, analizlari normallashyapti. Operatsiyadan avval peshob yoq edi, hozir peshob kelyapti. Sizningcha, ignalar godakning tanasiga qanday tushib qolgan? Biz avvaliga bola ignalarni yutib yuborgan, deya taxmin qilgandik. Lekin 89 oylik bola shuncha ignani birdan yutib yuborishi mumkin emas. Katta odam ham yutolmaydi buni. Yutgan taqdirda ham ogiz boshligidan qizilongach orqali otib ketgan bolsa, qizilongachda albatta orni qoladi. Otgan joyida yalliglanish protsessi boladi. Oshqozondan chiqib ketgan bolsa ham, orni qoladi. Lekin endoskopiya qilib kordikki, na qizilongachda, na oshqozonda igna otgan joy yoq. Yana bir tomoni shundaki, ignalar qizilongachning yuqorisida ham, orqa tomonida ham turibdi. Demak, ignalar bola tanasiga tiqilgan, deb aytishimiz mumkin. Kim, nima maqsadda bu ishni qilgani esa biz uchun qorongi...Bir narsani alohida qayd etishni xohlardim, butun dunyo bolalar xirurgiyasi amaliyotida bu kabi holat juda kamdan-kam uchraydi. Togri, bundan avval yosh bolalarning turli oyinchoq qismlarini yutib yuborgan, u oshqozon va ichakni teshib otgan holatlar bolgan. Operatsiya yoli bilan ularni olib tashlab, soglom hayotga qaytarganmiz. Lekin bunaqasi, yani igna tanaga tashqi tomondan tiqilgan holat hech bolmagan. Bizning markazimizda yaratilgan sharoitlar, malakali mutaxassislar tufayli murakkab operatsiyani amalga oshiroldik.Nashr malum qilishicha,Rossiyada ishlaydi deb aytilgan bolaning otasi, shifokorlar sozlariga kora, hodisadan xabar topgach, Toshkentga yetib kelgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0