Sergelida Yangi yil oldidan olib qochilgan avtomobil topildi

2017-yilning 29-dekabr kuni soat taxminan 20:30 larda Sirg‘ali tumanidagi xonadon hovlisida “VAZ-2106” rusumli mashina qarovsiz turganligi hamda kaliti o‘t oldirish joyida bo‘lganligidan foydalanib, olib qochilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda. Foto: TrendIIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomobil Sergeli tumani, Qumariq ko‘chasida topilgan.Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, mashinani olib qochgan shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. шаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий