Kongo poytaxti Kinshasadagi namoyishlarda politsiya 7 kishini otib tashladi

Kongo poytaxti Kinshasada kuch tizimi xodimlari bilan to‘qnashuvda kamida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BMTning mamlakatdagi tinchlikparvar missiyasi matbuot kotibi Florens Marchal ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”. Foto: EPA“Huquq-tartibot xodimlari Kinshasada kamida 7 kishini otib tashladi. Yana bir kishi Kananga shahridagi namoyishda halok bo‘ldi, biroq uning o‘limi sababi ma’lum emas”, — dedi Florens Marchal.Marchalga ko‘ra, BMT kuzatuvchilari mamlakat bo‘ylab namoyishlarda kamida 123 kishi qo‘lga olinganini qayd etdi.Kongoda 31-dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlarga amaldagi davlat rahbari Jozef Kabilaning prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni istamasligi sabab bo‘ldi. 2017-yil oxiriga mo‘ljallangan umumxalq ovoz berishi kamida bir yilga qoldirildi. шаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий