Surxondaryoda Toshkent tibbiyot akademiyasi va Pedagogika universitetining filiallari tashkil etiladi

Termiz shahrida Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat pedagogika universiteti filiallari ochiladi. Bu haqda Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toshqulov malum qildi. Foto: Iqtisodiyot vazirligiToshqulovning sozlariga kora, oliygohlarning Termizdagi filiallari Prezident Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilmoqda.OzA xabariga kora, Prezidentning 20-yanvar kuni Termizdagi Amudaryo bolalar oromgohiga tashrifi chogida mazkur oliygohlarni tashkil etish loyihalari taqdimoti bolib otgan.Surxondaryodagi oliygohlar soni bir yilda bittadan beshtaga yetdi, deb qoshimcha qiladi TerDU rektori.Malumot uchun, 2017-yil davomida Termizda Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent davlat texnika universitetlarining filiallari tashkil etilgan edi.Bungacha viloyatda faqat bitta oliy talim muassasasi Termiz davlat universiteti faoliyat korsatgan. Qayd etish joiz, ushbu universitet songgi yillarda abituriyentlardan arizalar qabul qilish boyicha Ozbekistonda yetakchi sanaladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
+2