QozogistonRossiya yolida 77 ozbekistonlikning olimiga sabab bolgan uch hodisa. Asosiy malumotlar

Toliqsiz bir yil davomida kop sonli ozbekistonlik mehnat muhojirlarining yol-transport hodisalari oqibatida vafot etishi bilan bogliq kamida uchta etiborga molik voqea sodir boldi. Har uchala holatda ham Ozbekiston fuqarolari avtotransport vositasining nosozligi yoki haydovchilarning noprofessionalligi oqibatida jabrlandi. Daryo umumiy hisobda 77 nafar ozbekistonlikning olimiga sabab bolgan bu uch voqea tafsilotlarini yodga oladi. Kollaj: Daryo2017-yil 22-iyun fojiasi22-iyun kuni Qozogistonning Aqtobe viloyatining Qorabutoq shaharchasidan 20 kilometr masofada, SamaraChimkent trassasining 946-kilometrida Mercedes rusumli yolovchi avtobusi agdarilib ketdi. Avtobus Rossiyaning Volgograd shahridan Qozogistonning Chimkentiga ozbekistonlik mehnat muhojirlarini olib ketayotgan edi avtobusda qozogistonlik ikki haydovchi va 50 nafar ozbekistonlik yolovchi bolgan.Avtobusning agdarilib ketishi oqibatida Ozbekistonning 9 nafar fuqarosi halok bolgan ularning uch nafari Fargona, ikki nafari Namangan, ikki nafari Andijon, qolgan ikki nafari esa Surxondaryo va Jizzax viloyatlaridan edi. Bundan tashqari, avtobus agdarilishi oqibatida yana 17 nafar Ozbekiston fuqarosi turli darajada tan jarohati olgan, ulardan besh nafari mahalliy kasalxonaga yotqizilgan. Foto: RikaTV.kzOzbekiston hukumati jabrlanuvchilar va qurbonlarni vatanga qaytarish uchun 23-iyun kuni Aqtobega maxsus bort uchirdi. Mudofaa vazirligi tasarrufidagi maxsus samolyot 24-iyun kuni Toshkentga qaytdi. Fojianing jizzaxlik qurboni maxsus tibbiy avtomashinada Jizzaxga, surxondaryolik qurbon esa Ozbekiston havo yollari komagida Termizga yetkazildi. Shu kuni vodiyda fargonalik, andijonlik va namanganlik qurbonlarning dafn marosimlari bolib otdi.Bu avtobusda ketayotganlar orasida qishloqdoshlar, aka-ukalar, ota-ogillar ham bor edi. Ozim faqat jarohat oldim, oglim halok bolganidan esa iztirobdaman, degandi Qozogistondagi YTH jabrlanuvchisi, fargonalik Ilhomjon Qurbonov. Uning ogli 2017-yilning 13-may kuni 30 yoshga tolgan Iqboljon 24-iyun kuni Rishtonda tuproqqa topshirildi. Qurbonlarning eng kattasi 36, eng kichigi esa 26 yoshda edi. Mavzuga doir:Ozim faqat jarohat oldim, oglim halok bolganidan esa iztirobdaman. Qozogistondagi YTHda jabrlangan ozbekistonliklarning qisqa intervyulari 23-iyun kuni Ozbekiston Milliy axborot agentligi (OzA) voqea yuzasidan mamlakat rahbariyatining munosabatini elon qildi: Ozbekiston rahbariyati halok bolganlarning oila azolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.Sentabr oyida esa Qozogiston sudi avtobusning agdarilib ketishida aybdor deb topilgan haydovchi Leonid Yeremeyevni 5 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Sud jarayoni davomida ayblanuvchi avtobusni haydab ketayotib uxlab qolganini tan olgan.2017-yil 6-oktabr fojiasi6-oktabr kuni tongda Rossiyaning Vladimir viloyati Pokrov tumanida temiryol kesishmasidan otayotgan Mercedes rusumli avtobusni poyezd urib yubordi. Avtobus 55 nafar ozbekistonlikni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan Janubiy Qozogiston tomon olib ketayotgan edi. Transport vositasi qozogistonlik ikki haydovchi boshqaruvida bolgan (ulardan biri avariya oqibatida halok bolgan). Malum bolishicha, temiryol kesishmasidan otayotganida 1990-yilda ishlab chiqarilgan va, omon qolgan haydovchilardan birining sozlariga kora, shu vaqtgacha hech buzilmagan avtobusning akkumulyatori ochib qolgan. Yolovchilarning bir qismi avtobusdan tushib, uni surishga uringan, biroq uddalay olmagan poyezd avtobusga urilib, uni 200 metrgacha sudrab borgan. Foto: Vladimir viloyati politsiyasiYol-transport hodisasi oqibatida 16 nafar Ozbekiston fuqarosi halok bolgan (ulardan ikki nafari bolalar), 36 nafari tan jarohati olgan. Yana uch kishiga, jumladan, 2012-yilda tugilgan qizaloq Gulruh Ziyodullayevaga Rossiyaning ozida tolaqonli tibbiy xizmat korsatishga togri keldi (Gulruh hatto vertolyotda Vladimirdan Moskvadagi shifoxonaga kochirildi). Yolovchilar orasida hamqishloqlar, bir oila vakillari kop bolgan. Xususan, halok bolgan ikki boladan biri Gulruhning 2011-yilda tugilgan opasi edi; hodisaning ozbekistonlik 15-qurboni Mirshod Mirzoyevning otasi Mirjon Latipov esa ogir ahvolda bolgani uchun unga Rossiyada alohida tibbiy yordam korsatilgan. Mavzuga doir: Foto: 16 ozbekistonlikning umriga zomin bolgan avtobus va poyezd toqnashuvi Halok bolganlarning asosiy qismi 14 nafari surxondaryolik edi. Qolgan ikki kishidan biri Andijon, ikkinchisi Buxoro viloyatida doimiy royxatdan otgan. Jabrlanuvchilarning ham asosiy qismi Surxondaryodan. Bundan tashqari, jabrlanuvchilar orasida Fargona, Andijon, Namangan, Samarqand viloyatlari, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar ham bor edi. Foto: TVC.ru6-oktabr kuni Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev halok bolganlar va jabrlanganlarni Vatanga qaytarish boyicha hukumat komissiyasini tuzish haqida korsatma berdi. Ozbekiston hukumati YTH oqibatida halok bolganlarning oila azolari va jabrlanuvchilarga barcha zarur yordamni korsatadi, deyilgandi bu holat yuzasidan berilgan xabarlarda. Shu kuni ozbekistonlik shifokorlar guruhi jabrlanuvchilarga yordam korsatish uchun Rossiyaga jonab ketdi. 8-oktabrda 15 qurbon va 36 nafar jarohatlangan fuqaro Ozbekistonga olib kelindi maxsus bort dastlab Termizga, song Andijon va Buxoroga parvoz qildi.11-oktabr kuni FVV Vladimirdagi YTH oqibatida halok bolgan songgi 16-ozbekistonlikning ismini elon qildi. Qayd etish joiz, Rossiya temir yollari (RJD) rahbariyati halokat sodir bolgan kunning ozidayoq har bir jabrlanuvchiga 5 ming rubl miqdorida kompensatsiya puli berilishini elon qilgan edi.Avtobusda yonib ketgan 52 ozbekistonlik18-yanvar kuni Qozogistonning Aqtobe viloyati Irgiz tumanida, Chimkent Samara yolining 1068-kilometrida Chimkentdan Rossiyaning Qozon shahriga ketayotgan Ikarus avtobusi harakat davomida yonib ketdi. Yongin boshlangan vaqtda avtobusda 57 kishi bolgan. Ularning 54 nafari Ozbekiston fuqarosi edi. Mavzuga doir: 52 ozbekistonlik yonib ketgan avtobusning foto va videosi paydo boldi Avtobus 1989-yilda ishlab chiqarilgan, 2016-yilda texnik korikdan otkazilishi lozim bolgan. Avtobusga egalik qiluvchi shaxsda yolovchi tashish faoliyati bilan shugullanish uchun tegishli litsenziya bolmagan; u ayni vaqtda qidiruvga berilgan. Qozogiston ichki ishlar vaziri orinbosari Yerlan Tugumbayev fojiadan omon qolgan shaxslarning sozlariga asoslanib malum qilishicha, yongin avtobus salonida kelib chiqqan; salonda dastlab zaharli tutun tarqala boshlagan va bu yolovchilarning gazdan zaharlanishiga olib kelgan. Eshiklar ochilishi bilan salonga kislorod kirgan va avtobus ichidan portlagan, deya taxmin qilgan vazir. Foto: RIA NovostiOqibatda 52 nafar ozbekistonlik halok bolgan bu Ozbekiston fuqarolarining bir joyda va bir vaqtda qurbon bolishi bilan bogliq 2005-yilgi Andijon voqealaridan keyingi eng yirik hodisadir (oshanda, rasmiy malumotlarga kora, 187 kishi halok bolgan). Ozbekiston FVV 19-yanvar kuni qurbonlardan 29 nafarining ismlarini elon qildi ularning bari Namangan viloyatidan. Ozbekiston TIVning 19-yanvardagi axborotiga kora, shaxsi aniqlangan qurbonlar soni 32 nafarga yetgan, biroq ularning ism-shariflari elon qilinmagan. Hodisa oqibatida omon qolgan besh kishidan ikki nafari ozbekistonlik. Ular ham Namangan viloyatidan 29 yoshli Ahror Isoqov Toraqorgon tumanining Katta Qurama mahallasidan, 38 yoshli Isroiljon Mirzaahmedov esa shu tumanning Shohond (yoki Shohidon) qishlogidan.Baxtsiz hodisa munosabati bilan 18-yanvar kuni Qozogistonda ham, Ozbekistonda ham hukumat komissiyalari tuzildi. Bosh vazir Abdulla Aripov rahbar etib belgilangan Ozbekistondagi maxsus komissiya oldiga avariya natijasida jabrlangan va halok bolgan Ozbekiston fuqarolarini Vatanga yetkazish bilan bogliq tashkiliy ishlarni hal etish vazifasi topshirildi. Shu kunning ozida maxsus bort Qozogistonning Aqtobe viloyatiga jonab ketdi. Xabar berishlaricha, hozirgi vaqtda barcha jasadlar Aqtobe shahriga yetkazilgan, u yerda qozogistonlik ekspertlar ozbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda tun-u kun sud-tibbiy ekspertizasini otkazmoqda. Foto: Instagram / @askar_aktileuOz navbatida, Qozogiston ichki ishlar vazirligi qurbonlarning shaxslarini aniqlashda yordam sorab jamoatchilikka murojaat qilgan. Vazirlik vakili Almas Sadubayev 1213-yanvar kunlari Qozogiston orqali Rossiyaning Qozon shahriga jonab ketgan shaxslarning uyali telefon raqamlari, shuningdek, boshqa har qanday qoshimcha malumotlari (alohida belgilari, shu jumladan tish protezlari, implantlar, muqaddam suyak sinishlari, pasport raqami, uning nusxasi, fotosurat va boshqalar)ni taqdim etishni soragan.Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-yanvar kuni avtobus yongini oqibatida halok bolganlarning oila azolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi. 19-yanvar kuni Surxondaryoga tashrifi davomida, Hakim at-Termiziy maqbarasini ziyorat qilarkan, Prezident Aqtobeda ozbekistonliklar vafot etganidan chuqur qayguda ekanini aytdi. Marhumlar haqiga duo qilindi, deya xabar berdi Prezident matbuot xizmati. Nafaqat Ozbekistonda, balki Qozogistonda ham juma namozlari halok bolgan 52 ozbekistonlikning ruhi poklariga baxshida qilindi. Futbol boyicha Ozbekiston U23 termasi Yaponiyaga qarshi oyin oldidan qurbonlar xotirasiga bir daqiqa sukut saqlab, oyin davomida qora tasma bilan harakat qildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiAyni vaqtda, xorijiy mamlakatlar rahbarlari va rasmiylari fojia munosabati bilan Ozbekiston davlat rahbariga taziya izhor qildi. Ornini toldirib bolmas yoqotishni chuqur his etib, Qozogiston xalqi va shaxsan ozimning nomimdan halok bolganlarning qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik va dalda sozlarini yetkazishni sorayman, deyiladi Qozogiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning taziyanomasida. Mana shunday musibatli kunda butun turk xalqi nomidan qardosh ozbek xalqiga sabr-bardosh tilab, marhumlarni Alloh taolo oz magfiratiga olishini sorayman, deb takidladi 18-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali boglangan Turkiya rahbari.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0