Suriyalik erkak o‘z uyining bog‘ida yoshi 1,5 ming yilga teng mozaikani topdi

Suriyaning Xama provinsiyasida joylashgan qishloqda yashovchi erkak o‘z uyining bog‘ida milodning V asriga tegishli mozaika bo‘lagini topdi. Tarixiy topilma Xama muzeyiga joylashtirilgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Foto: “RIA Novosti”Mutaxassislarning qayd etishicha, mozaika Vizantiya davriga — aniqrog‘i 412-yilga tegishli. O‘lchamlari 5 metrga 30 metr bo‘lgan mozaika turli geometrik shakllar va lotin tilidagi yozuvlar bilan bezatilgan. Mozaika qachonlardir ibodatxona joylashgan joydan topilgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0