Ozbekistonning mega-zavodlari: Alutexda alyumin profillari ishlab chiqarish

Alutex Ozbekiston Britaniya qoshma korxonasi 1999-yilda tashkil etilgan bolib, kompaniya 2003-yilda MDH mamlakatlarida birinchi bolib, alyumin profillari va furnituralarini ishlab chiqara boshlagan.Ishlab chiqarish jarayoni quyma ishlab chiqarish, ekstrudlash, boyash, anodlash yoki dekorativ ishlov berish, qadoqlash va laboratorik tekshiruvlar kabi besh boshqichdan iborat.Alutex ishlab chiqarishning barcha bosqichini nazorat qiladi. Hammasi zavodga dunyodagi yetakchi birlamchi alyuminiy ishlab chiqaruvchilaridan bolgan Rossiyaning Rusal kompaniyasidan alyuminiy quymalari olib kelinishi bilan boshlanadi.Xomashyo quyma ishlab chiqarishga yonaltiriladi. Bu bosqich presslash uchastkasini alyuminli qotishmalar bilan taminlaydi.Zavodda 35 tonnalik uchta eritish qozonlarida eritish-quyma agregatlardan foydalaniladi.Quyiladigan mahsulotlar diametri 100 millimetrdan 300 millimetrgacha boladi. Ularning uzunligi standart boyicha 6 metrni tashkil etadi.Tayyor yarim mahsulotlar ekstrudlash jarayoniga uzatiladi.Ishlab chiqarishda mavjud bolgan presslangan profillar nomenklaturasi 500 dan ortiq turga ega, shuningdek kompaniya mijoz chizmasiga kora profil tayyorlab ham berishi mumkin. Bularni ishlab chiqarish uchun presslash uchastkasi tarkibida oyiga 1400 tonnadan ortiq ishlab chiqarish quvvatiga ega bolgan yettita presslash liniyasi mavjud.Keyingi bosqich rang berish. Korxonada tortta kukunli emal bilan boyaydigan avtomatlashtirilgan liniyalar mavjud. Korxonada faqatgina poliefir asosli, atmosferaga barqaror, yomon atrof-muhit tasirida ham uzoq muddat xizmat qiluvchi, import emallardan foydalaniladi.Kukunli emallar polimerlashdan song ekologik xavfsiz hisoblanadi.Mijoz RAL katalogining kop sonli variantlaridan istalgan rangni tanlashi mumkin.Ishlab chiqarishda anodlash imkoniyati mavjud.Anodlash bu himoya-dekorativ qoplamaning bir turi bolib, u profilning ustki qismida alyuminiy gidratidan mustahkam plyonka hosil qilishdan iborat. Bu qatlam profilning uzoq muddat xizmat qilish davrida uning rangi va qulayligi ozgarmasligini taminlaydi.Mijozning xohishiga kora, alyumin profillarga bezak berish mumkin.Bezak berish bu har xil turdagi yogoch va toshlarning suratini tushirish texnologiyasi.Surat bosish vakuumda amalga oshiriladi. Natijada ota mustahkam qoplamali uzoq xizmat qiluvchi va chiroyli ustki qism hosil boladi.Tayyor mahsulot maxsus himoya plyonkasida qadoqlanadi.Tayyor profillar muntazam ekspress kimyoviy tarkib nazoratidan otkaziladi. Nazorat Foundry Master laboratoriyasining spektrografik usuli va kompyuter texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.Alutex profillari deraza, eshik, qishki boglar, binoning ustki qismi, mebel, panjara, deraza va eshik himoya panjarasi, shuningdek mijoz istagiga kora maxsus profillar tayyorlashda ishlatiladi.Aloqa malumotlari:Qaynoq liniya telefon raqamlari: (+99898) 125-04-44Savdo bolimi telefon raqamlari: (+99871) 250-99-48Firma dokoni telefon raqamlari: (+99871) 250-13-06E-mailReklama huquqi asosida

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0