Ayol uchuvchi Britaniya aeroportiga dovul chog‘ida samolyotni qo‘ndirdi (video)

TUI Airways aviakompaniyasining Boeing 757-200 yo‘lovchi samolyoti Britaniyaning Bristol shahridagi aeroportda ekstremal qo‘nishni amalga oshirdi, deb yozadi Sputnik. Ayol uchuvchi laynerni o‘ta kuchli shamol sharoitida yonlab qo‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. Skrinshot: YouTubeHodisa oktabr o‘rtasida Buyuk Britaniyaga “Kallum” dovuli yopirilgan vaqtda sodir bo‘lgan, voqea aks etgan video esa internetda endi tarqaldi. Kadrlarda Boeing 757-200 uchish-qo‘nish yo‘lagiga deyarli perpendikulyar tarzda pastlaganini, shassi yerga tekkach, uchuvchi samolyotni ehtiyotkorlik bilan to‘g‘rilab olganini ko‘rish mumkin.Laynerni 35 yoshli Brenda Ripsaam Vassinsk boshqargan. U TUI Airways’ga 2005-yilda ishga kelgan, 2017-yilda esa ekipaj komandiriga aylangan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0