Mutaxassis: Tramadol narkotiklar bilan teng birinchi qabul qilishdayoq tobelik yuzaga keladi

Ozbekistonda shifokor retseptisiz sotish taqiqlangan kuchli tasir qiluvchi va psixotrop dorilar kontrabandasi va noqonuniy aylanmasi holatlari kopayib qoldi, deyiladi Sputnik xabarida. Mutaxassislar sozlariga kora, Tramadol tabletkasi oz tasiri boyicha narkotik vositalarga teng keladi. Foto: Zakon.kzTabletkalarni birinchi marta istemol qilishdanoq tobelik yuzaga keladi. Dastlab odam eyforiyani his qiladi, ammo keyingi qabul qilishda organizmda ogriqlar va diskomfort paydo boladi, undan keyingi doza esa zaruriyatga aylanadi. Doza oshib boradi, dorini sotib olish uchun tobora koproq pul kerak bolib boradi, shu sababli bu doriga qaram bolib qolganlar jinoyatlarga qol uradi. Boshida oilasining barcha jamgarmalarini sarflaydi, keyin uydan sotish mumkin bolgan hamma narsani olib ketadi, undan keyin esa jinoyatlar ogirlik, talonchilik yoki qotilliklarni ham amalga oshirishi mumkin, dedi narkolog.Ozbekistonda bunday preparatlarni noqonuniy tarqatishga qarshi faol kurash davom etmoqda. Songgi bir necha oy ichida jami on minglab dollarlik psixotrop moddalar partiyalari musodara qilindi.Ozbekistonda shifokor retseptisiz sotish taqiqlangan psixotrop va narkotik vositalar royxatiga ayni paytda 238 nomdagi moddalar kiradi. Ular orasida Tramadol ham bor. U markaziy asab tizimiga tasir qiluvchi ogriq qoldiradigan doridir.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0