Adliya vazirligi: uy-joy kommunal sohasini jadal rivojlantirish yolida tosiqlar mavjud

Adliya vazirligi tomonidan davlat boshqaruvi tizimi faoliyati samaradorligini tahlil qilish boyicha faol ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada vazirlik uy-joy kommunal xizmat korsatish faoliyatini organdi. Tadqiqot jarayonida tarmoqning rivojlanishiga tosqinlik qilayotgan ayrim muammo va kamchiliklar aniqlandi. Bu haqda DaryogaAdliya vazirligiJamoatchilik bilan aloqalar bolimi xabar berdi. Foto: OzAXususan, tadqiqot natijalaridan malum bolishicha, suv taminotidagi kommunal uskunalar va muhandislik kommunikatsiyalari eskirib ketgan. 2888 (40%) suv taminoti inshootlari, 4512 km (32%) suv otkazish inshootlari, 19753 km (36%) suv otkazish tarmoqlari, 567 km (31%) kanalizatsiya kollektorlari va 1368 km (25%) kanalizatsiya tarmoqlari tamirga muhtoj. Shuningdek, 758 qozonxonalar va 5000 km issiqlik tarmoqlarining holati issiqlik energiyasini meyoridan ortiq yoqotishga hamda issiqlik taminoti korxonalarining debitorlik va kreditorlik qarzlarining oshib ketishiga olib kelayotgani aniqlandi.Uy-joy kommunal xizmat korsatish sohasida Ozbekkommunalloyihaqurilish DUK (suv taminoti va kanalizatsiya obyektlari boyicha) va Issiqlikelektrloyiha AJ (issiqlik taminoti boyicha) tomonidan loyiha xizmatlari bozorida iqtisodiy konsentratsiya tarmoq raqobatbardoshligini rivojlantirishga tosqinlik qilayotgan muhim omillardan hisoblanadi. Bu raqobat togrisidagi qonunchilik talablariga togri kelmaydi.Davlat-xususiy sherikchiligining tasirchan mexanizmlarini yetarli darajada joriy etilmaganligi va investitsiyalarni keng jalb qilish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish zaruriyati, jumladan past rentabelli uy-joy kommunal xojaligi korxonalari tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini pasaytirib, budjet harajatlarini optimallashtirish yolida gov bolmoqda.Tahlil jarayonida shuningdek, kop xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasining suv taminoti va kanalizatsiya sohasidagi faoliyatlari takrorlanayotgani aniqlandi. Bu mazkur sohada davlat xizmatlarini optimallashtirish zarurligini korsatadi.Uy-joy kommunal tarif siyosatini yanada takomillashtirish, jumladanragbatlantiruvchi tariflarni tartibga solish tizimini ishlab chiqish va joriy etish boyicha tegishli chora-tadbirlar qabul qilinmayotgani uj-joy kommunal sohasining zararli ishlashiga hamda kommunal korxonalar qarzlarining oshishiga sabab bolmoqda. Tarmoqning moliyaviy holatidagi kamchiliklar suv va issiqlik taminoti korxonalarining kreditorlik (1,2 trln somdan ortiq) va debitorlik qarzlari ( 531 mlrd somdan ortiq) mavjudligi bilan izohlanadi.Uy-joy kommunal xizmat korsatish vazirligiga kelib tushadigan murojaatlar organib chiqilganda, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyatining turli jihatlari ushbu sohadagi eng ogriqli nuqta ekani aniqlandi. Xususan, imtiyozli asosda olingan kredit mablaglaridan maqsadsiz foydalanish masalasidir.Kop xonadonli uy-joy fondidan foydalanishning barcha jihatlarini tartibga soluvchi tegishli qoida va meyorlarning mavjud emasligi ham uy-joy kommunal tarmogidagi kamchiliklardan biri hisoblanadi. Mazkur holat kop xonadonli uy-joy fondini boshqarish sohasida huquqiy kamchiliklar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, kop xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xodimlarining oz xizmat majburiyatlarini tegishli tarzda bajarishiga imkon bermaydi.Masalan, hududiy inspeksiyaning shtatlari soni 4 nafardan 10 nafargacha bolgan xodimni tashkil etadi. Ayni paytda, xizmat korsatilayotgan uylar soni esa 1118 tadan 4492 tagacha ozgarib turipti. Shu tarzda, bir nafar inspektorning ortacha ishi oyiga 23 tadan 53 tagacha bolgan kop xonadonli uylar (500 tadan 3991 tagacha bolgan xonadon) bilan ishlashga togri kelmoqda.Mavjud muammolarning kompleks tahlillari yakuni va xorijiy ilgor tajribani hisobga olgan holda, Adliya vazirligi tomonidan uy-joy kommunal xojaligini boshqarish tizimini takomillashtirish va tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish boyicha tegishli takliflar tayyorlandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0