Crown Agents kompaniyasi Markaziy Osiyo iqtisodiyotini rivojlantirish uchun innovatsion yechimlar taqdim etdi

Qishloq xojalik taminotida va qishloq xojalik mahsulotlari savdosida mahsulotlarni kuzatilish tizimlari Crown Agents USAIDning Markaziy Osiyodagi 8-savdo forumi doirasida iqtisodiyotni rivojlantirishni jadallashtirish uchun shunday innovatsion yechimlar taqdim etdi. Foto: Crownagents.comOzbekistonni Markaziy Osiyoda raqobatbardoshligini kuchaytirish uchun muljallangan yechimlar sifatida panel munozara davomida Crown Agentsning yetakchi xalqaro ekspertlari Markaziy Osiyo mintaqasida qishloq xojaligida va qishloq xojalik mahsulotlari savdosidagi tovarlar kuzatilishi texnologiyasi tadqiqotlari natijalarini taqdim etdi. Iqtisodiy osish va shaffoflikning oshishi taminot zanjirlarini boshqarishga yangi texnologiyalarni joriy qilishdan paydo bolgan ijobiy ozgarishlarining atigi bir qismi.Tadqiqot shuni malum qildiki, qishloq jojalik sektori Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari rivojlanishining asosiy yonalishi bolishiga qaramay, uning potensiali hanuzgacha toliq royobga chiqarilmagan. Qishloq xojaligi zanjirida qoshilgan qiymatning kuzatilish tizimini joriy etish rivojlanishning yangi bosqichiga hatlab otishga imkon beradi.Oziq-ovqat xavfsizligi hayotiy zarurat hisoblanadi. Xavfli zararlanish yoki sifatsiz mahsulotni vaqtida oldini olish yoki oz vaqtida yoqotish imkoni bolmaslik mamlakat iqtisodiyotiga va aholining xavfsizligiga sezilarli zarba berishi mumkin. Shuning uchun oziq-ovqat mahsulotining qishloq xojaligi zanjirida qoshilgan qiymatning har bir bosqichida xavfsizligini taminlash muhim: qishloq xojalik xomashyosini ostirish, qayta ishlash, tashish, saqlash va sotish davrida.Tovarlarning kuzatilishi texnologiyasi bu taminot zanjirlarini har bir bosqichda va barcha jalb etilgan tomonlarni hisobga olgan holda nazorat qilishning innovatsion texnologiyasi. U har bir bosqichda foydali malumotlar beradi va jarayonlarni yaxshilashga komaklashadi. Sistemani sifatli joriy etish mahsulotning yuqori sifatini taminlash, iqtisodiyot rivojlanishini ragbatlantirish, davlat va hususiy sektorning daromdliligini oshirishga imkon beradi.Zamonaviy savdoda har bir elementni raqobatbardoshlikdagi ustunlikka aylantirsa boladi. Biz, Crown Agentsning, innovatsiyalarni joriy etish Markaziy Osiyo davlatlariga xalqaro bozorda oz joylarini mustahkamlashga va investitsiyalar jalb etishga yordam berishiga ishonchimiz komil, deb izohlaydi Larisa Kokareva, Crown Agentsning Markaziy Osiyo boyicha Mintaqaviy menejeri. Bizning mutaxassislarimiz bunday loyihalarni dunyo boylab amalga oshirishda zarur bilimlar va keng tajribaga ega, bizning mintaqada bolishimiz esa mahalliy xususiyatlarni chuqur his etish imkonini beradi, shu sababli qanday qilib oz tajribamizni Markaziy Osiyoning jadal rivojlanayotgan davlatlari kontekstiga eng samarali joriy etishni bilamiz.Crown Agents Markaziy Osiyoda 25 yildan beri ishlaydi. Kompaniyaning mintaqadagi faoliyati 1992-yilda boshlangan, 2013-yilda esa biznes rivojlantirish boyicha doimiy ofis Bishkekda ochilgan. Kompaniyaning faoliyat doirasi xaridlar va taminot zanjirlarini, mintaqaviy savdoni rivojlantirish va oz mijozlariga, shular qatorida Global Jamgarmasi, Osiyo rivojlanish banki, Jahon banki va Yaponiya hukumatiga moliyaviy komak va maslahatlar taqdim etishni qamrab oladi.Markaziy Osiyoda yangi texnologiyalarni joriy etish mintaqani xalqaro hamjamiyatiga qoshilishining zarur sharti. Faqat zamonaviy infratuzilmalarni yetarli darajada taminlab, yangi investorlarni jalb etishni kafolatlash mumkin.Crown Agents kompaniyasi haqidaCrown Agents davlat sektorini boshqarishda strategik yechimlar sohasida dunyo ekspertlaridan biri va davlat xaridlari sohasida yetakchi mutaxassis hisoblanadi. Crown Agents 100 dan ziyod mamlakatlarda ishlaydi va dunyo boylab hukumatlar bilan 185 yildan ortiq hamkorlik qiladi (Buyuk Britaniya, AQSh, Yaponiya, Osiyo, Garbiy va Sharqiy Yevropa, Afrika). Shuningdek kompaniya Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Yevropa komissiyasi, Osiyo rivojlanish banki kabi dunyoning eng yirik kompaniyalari, tashkilotlari, jamgarmalari bilan ishlaydi. Markaziy Osiyoda Crown Agents 25 yildan ziyod rivojlanish, xaridlar, moliyani boshqarish, iqtisodiyatni rivojlantirish dasturlari sohasida ishlab kelmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0