Bloger yangi iPhone’ni atom stansiyasi quvuriga tashlab yubordi (video)

TechRax YouTube-kanali muallifi iPhone’ning so‘nggi modeli — XS Max ishtirokida noodatiy krash-test o‘tkazdi, deb yozadi “Vesti.ru”. U qurilmani tashlandiq atom stansiyasining 160 metr balandlikka ega quvuriga tashlab yubordi. Foto: “Vesti.ru”Videorolikda dron telefonni quvur ustiga chiqarib, so‘ng uni pastga tashlaganini ko‘rish mumkin. Bularning barchasini Apple telefoni sekinlashtirilgan rejimda kadrga muhrlagan.iPhone XS Max’ning pastga qulashi 25 soniyadan ortiq davom etdi. Oxir-oqibat telefon bir nechta joyidan sal darz ketdi, xolos.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0