Urganchda otkazilgan matematika boyicha xalqaro olimpiadada Pekin universiteti talabasi birinchilikni egalladi

2930-oktabr kunlari Urganch shahrida universitetlar talabalari ortasida matematika boyicha Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada otkazildi. Bu haqda Bosh vazir orinbosari Aziz Abduhakimov Facebook sahifasidaxabar berdi. Foto: Kun.uzOlimpiadada dunyoning 20 mamlakati (BAA, Eron, Malayziya, Rossiya, Bolgariya, Estoniya, Sloveniya, Ukraina, Belarus, qator Osiyo va Markaziy Osiyo mamlakatlari) 58 universitidan 334 nafar kishi ishtirok etdi. Ozbekiston sharafini mamlakatning 33 oliy talim muassasasi talabalari himoya qildi.Olimpiada ishtirokchilari bilimlari 20 kishidan iborat hayat tomonidan baholandi, ularning 18 nafari xorijiy mutaxassislardan iborat boldi.Olimpiada natijalariga kora, 66 ishtirokchi turli medallar bilan taqdirlandi 14 oltin, 23 kumush va 29 bronza. Birinchi orin Pekin universiteti (Xitoy) talabasi Xao Ran Vangga nasib etdi. Ikkinchi orinni esa Sharif universiteti (Eron) talabasi Ali Daei Nabi egalladi. Uchinchi orin Pekin universiteti talabasi Ming Xuiou Yang tomonidan band qilindi. Ozbekiston Milliy universiteti talabasi Tolibjon Ismoilov tortinchi oringa munosib korildi.Qolga kiritilgan medallar boyicha umumjamoa hisobida birinchi orinni Xitoyning Pekin universiteti, ikkinchi orinni Ozbekiston Milliy universiteti va uchinchi orinni Estoniyaning Tartu universiteti egalladi. 30 universitet vakillari turli darajadagi medallar bilan taqdirlandi.Olimpiada nizomiga muvofiq, bellashuv goliblari oliy talim muassasalari magistraturasiga matematika, fizika, axborot texnologiyalari hamda muhandislik-texnik yonalishdagi talim ixtisosligi boyicha qabul kvotasidan tashqari, davlat granti asosida oqishga qabul qilinadi. Ushbu huquq Olimpiada golibligini qolga kiritgan talaba tomonidan OTM bakalavriatini tugallagan vaqtdan boshlab uch yil davomida saqlanib qoladi.Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Ikkinchi xalqaro olimpiada 2020-yilning oktabr oyi uchinchi dekadasida Urganch shahrida otkazilishi rejalashtirilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0