Yevroparlament delegatsiyasi Toshkentdagi Turin politexnika instituti va Hazrati Imom majmuasi bilan tanishdi

Yevropa parlamentining Iveta Grigule-Peterse boshchiligidagi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Mo‘g‘uliston bilan aloqa bo‘yicha delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘lib turibdi. Bu haqda O‘zA ma’lum qildi. Foto: EPADelegatsiya a’zolari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rahbariyati va talabalar bilan uchrashdi.Mehmonlar dastlab sanoatning yuqori tarmoqlari bo‘lgan avtomobilsozlik, qurilish arxitekturasi va axborot texnologiyalari, aviakosmik muhandisligi sohalarida kadrlar tayyorlash jarayoni, ta’lim sifati, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.— Turin politexnika universiteti misolida O‘zbekistonda fan-ta’lim tizimida kechayotgan jadal rivojlanish jarayoniga guvoh bo‘ldik, – dedi Yevropa parlamenti a’zosi Yoaxim Seller (Germaniya). — Professor-o‘qituvchilarning Italiya, Germaniya, Yaponiya va Janubiy Koreya kabi davlatlarda malaka oshirib qaytayotgani iqtisodiyotning real sektorlari uchun malakali kadrlar tayyorlashda xalqaro tajribani o‘zlashtirish imkonini beradi.Shu kuni Yevropa parlamenti a’zolari Hazrati Imom majmuasida bo‘lib, bu yerdagi tarixiy-ma’naviy obidalar bilan tanishdi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0