Abdulaziz Komilov shaxsiy arxividagi Yosir Arofat bilan birga tushgan suratlarini elon qildi (foto)

Ozbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Instagramdagi sahifasida yana tarixiy suratlar bilan bolishdi. Foto: Instagram / @a.h.kamilovBu safar vazirning sahifasidan uning shaxsiy arxividan olingan, 1994 hamda 1997-yillarda Falastin muxolifatining sobiq rahbari Yosir Arofat bilan birga tushgan suratlari joy oldi. Foto: Instagram / @a.h.kamilovOmon Isroil Davlatini tan olmoqda. Mustaqil Falastin davlatini barpo etish masalasi dolzarblashmoqda. Terrorizmda ayblanishdan tinchlik boyicha Nobel mukofoti laureatigacha yolni bosib otgan Yosir Arofat buni tasavvur qila olganmidi? Toshkent, 1994-yil sentabr oyi. Rammaloh, 1997-yil aprel oyi. Shaxsiy arxivdan, deya izoh yozdi vazir.Eslatib otamiz, avvalroq Ozbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Instagramdagi sahifasiga afgonistonlik muxolifatchi siyosatchi Gulbiddin Hikmatyor bilan 2018-yil iyulida Kobulda bolib otgan uchrashuvi suratini joylagan, shuningdek, Tolibon tashqi ishlar vaziri Mulla Mutavakil bilan tushgan, shaxsiy arxivdagi surati bilan ham bolishgan edi.Keyinroq Afgoniston ozodligi Islom ittifoqi fraksiyasi rahbari Ustod Abdul Rasul Sayyaf bilan tushgan suratini joylashtirdi. Bundan tashqari, 1995-yilda Afgonistonning Kobul shahrida Panjsher sheri Ahmad Shoh Masud bilan tushgan surati bilan ham bolishdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0