Bosh prokuratura Qarshi tumanida 8 yoshli qizcha zorlangani holatini rad etdi

Ozbekiston Bosh prokuraturasi Qarshi tumanida ikkinchi sinfda oqiydigan qizcha zorlangani hamda huquqni muhofaza qilish organlari ushbu holat boyicha harakatsizlik korsatgani haqidagi xabarlarni rad etdi, deb yozadi Podrobno.uz. Foto: Podrobno.uzBosh prokuratura ushbu holat boyicha tekshiruv otkazib, zorlash sodir bolmaganini aniqladi. Qizchaning onasi u maktabdan qaytganidan keyin oyogida kichik jarohat paydo bolganini korgan. U bu yara qanday paydo bolgani va qizcha qayerda bolganini bilish uchun uni soroq qila boshlagan. Bunga javoban, qizcha aftidan qorqib ketganidan, uni zorlashganini aytgan. Otkazilgan tibbiy ekspertiza qizchaga nisbatan hech qanday jinsiy zoravonlik qollanilmaganini korsatdi, dedi Bosh prokuratura vakili.2018-yil 4-oktabr kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidagi 60-orta maktabning Xonobot qishlogilik 2-sinf oquvchisi, 8 yashar qizaloq maktabdan katta tanaffus vaqtida aldab olib chiqib ketilib, zorlangani haqida uning otasi malum qilgan edi. Bu xabar bilan, oz navbatida, Xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov bolishgan edi.Qizchaning otasi voqeadan 5 kun otib xabar topgan va oqituvchilar, maktab direktori, tuman xalq talimi bolimi, natija bolmagach viloyat xalq talimi boshqarmalariga, keyin ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. Maktabda hech kim hech narsa bilmaydi. Uchastka inspektori voqeani xasposhlash bilan ovora, tergovchi ishni tashlab qoygan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0