Aziza Begmatova: Meni hayotda ham folbin deb oylaydiganlar bor

Jurnalist Mirolim Isajonov rang-barang rollari, xususan, checha obrazi orqali yoshu keksaning qalbidan munosib joy olgan Ozbekiston xalq artisti Aziza Begmatova bilan suhbat uyushtirdi. Foto: Daryo Aziza opa, yil boshida tomoshabinlar etiboriga havola qilingan Qitmir kampir filmida avvalgi rollaringizga sira oxshamaydigan obrazda namoyon boldingiz. Rol siz uchun maxsus yozilganmi yoki kinoga kasting asosida qabul qilindingizmi? Bilasizmi, filmning katta ekranlariga chiqqaniga ancha vaqt bolgan bolsa-da, ammo haligacha muxlislarim, hamkasblarim va tanish-bilishlardan iliq fikrlar eshityapman. Kino elga manzur bolganidan, behad quvondim. Chindan ham kopchilik Rolingiz siz uchun maxsus yozilganmi, filmda ozingizni oynabsiz-ku?!, deb murojaat qilayapti. Kartina rejissyori Gozalxon Yusupova menga qongiroq qilib, Aziza opa, qitmir kampir togrisida kino suratga olish niyatidaman. Bosh rolda faqat sizni koryapman. Ssenariyni oqigach, fikr-mulohazalaringizni aytsangiz, dedi. Oradan bir necha kun otgandan song Gozalxon bilan uchrashdik. Ssenariy bilan tanishgach, rol oynashga rozi ekanligimni aytdim. Filmdagi obrazim keyingi paytda ozim istagan rol bolganligi uchun suratga olish jarayonida yayrab ishladim. Kinoni korgan bolsangiz, qahramonim hazilkash, qitmir kampir. Uning hatti-harakati, qiliqlarini oxshatishga va tomoshabinni ishontirishga harakat qilib, ozimdagi bor imkoniyatni ishga soldim. Siz injiq aktrisamisiz? Menimcha, injiq aktrisalar toifasiga kirmasam kerak. Negaki, shu paytga qadar hech bir rejissyor bilan aytishib, oramizga tushunmovchiliklar tushirmaganman. Har qanday sharoitda ham boriga qanoat qilib, moslashishga intilaman. Rejissyorlar meni munosib deb topgan rolni ular aytganidek oynab berishga harakat qilaman. Har bir davrning oz tomoshabini boladi. Bugungi tomoshabinning oldingisidan farqini nimalarda korasiz? Hozirgi tomoshabinlarni xayratlantirish biroz mushkul ekanligini tan olib aytish kerak. Bugungi taraqqiyot asrida insonlarning axborot olishga bolgan ehtiyoji kun sayin ortib boryapti. Televizor, radio, gazeta-jurnal, internet orqali bir vaqtning ozida olinayotgan turli axborotlar ham kishilardagi hayrat tuygusini sonishiga oz bolsada sabab bolmoqda. On-on besh yil avvalgi tomoshabinlar spektakl jarayonida qahramon yiglasa yiglardi, kulsa kulardi. Bugun bunday hayratdan yoqa ushlaydigan muxlislar juda kam. Keyin oldin tomoshabin bugungiga oxshab uyiga shoshilmasdi, juda sabrli edi. Teatr zali har kuni liq tolardi. Spektakl tugagach tomoshabinlar bilan jonli muloqot qurardik. Aktyorlar bilan birgalikda tomoshabinning ham saviyasi har spektakldan keyin bir pogona osganini korardik. Hozir ham haqiqiy tomoshabin yoq emas. Biroq ular juda kam. Oylaymanki, yaqin yillar ichida asl muxlislar safi yanada kengayadi. Foto: Daryo Bir qancha filmlarda folbin va loli ayollar obrazlarini maromiga yetkazib ijro etgansiz. Aytishlaricha, sizni fol ocharkan deb, teatrga ham izlab kelishgan ekan...- Rejissyorlar kopincha epizod rol berishsa ham ishonarli tarzda va tomoshabin yodida qoladigan darajada oynashga intilaman. Bu borada hayotda, yon-atrofimda, bozorda, kocha-koyda korganlarim asqotadi. Shu kungacha 10 ga yaqin folbin, loli ayollar rolini talqin qildim. Hayotda fol, folbin bir yoqda tursin, hatto irim-sirimlarga ham ishonmayman. Biroq, yonimga fol ochishimni sorab kelgan ayollar ham bolgan. Adashmasam, bundan on yillar oldin teatrga bir ayol meni izlab kelib, qizining homiladorligini, tugilajak nabirasi qiz yoki ogil ekanligini aytib berishimni soradi. Gap orasida kuyovi bu gal ham qiz farzand tugilsa, tort nafar qizidan ham voz kechib, ajrashish niyatida yurganini aytdi. Uning kongliga oz bolsa-da, yoruglik olib kirish maqsadida, Xudo xohlasa, qizingiz ogil farzandli boladi, desam, u ayol quvonchi ichiga sigmay, Agar ogil nabira korsam, sizga boshdan-oyoq sarpo qilaman, dedi. Oradan bir necha oy otib, eshitsam, osha ayolning qizi haqiqatan ogil farzand koribdi. Bundan ham quvonganman, ham ajablanganman. Foto: Daryo Ozbek oilalarida erkaklarning mavqei pasayib ketdi, degan fikrga qoshilasizmi? Har bir oilaning oziga xos qonun-qoidasi mavjudligi bois, erkak kishiga nisbatan ham munosabat turlicha boladi. Savolingizga ham har kim oz oila tarzidan kelib chiqqan holda javob bergani yaxshiroq. Bizning oilamizda erkak kishi hamisha ayoldan bir pogona yuqorida turadi. Nabiralarimga ham shuni uqtirib boramiz. Erkak oila boshi, ayol esa uning boyni. Yarim asrdan buyon teatrda faoliyat yuritib kelayapsiz. Har gal ortga nazar solganda, koproq nimalar yodingizga tushadi? Sahnada va hayotda otgan har bir kunim kino tasmasidek bir zumda koz oldimda gavdalanadi. Sanat institutini tugatgach, 1966-yili Yosh tomoshabinlar teatrida ish boshlaganman. Keyinchalik hozirgi Ozbek davlat drama teatriga otkazishdi. Jamoani shakllantirish, tomoshabinga manzur boladigan spektakllar sahnalashtirish yolida tinim bilmay mehnat qildik. Ishonsangiz, tushlik qilishga ham vaqt topolmasdik. 1985-yilga kelib teatrimiz yolga tushgach, tomoshabinlar oqib kela boshladi. Qarang, ungacha teatrga faqat kelib-ketib yurarkanman. Teatr aslida nima ekanligini keyin chuqur anglab yetdim. Oz baxtimni ham shu dargohdan topdim. Turmush ortogim Tolqin aka bilan yaqindan tanishib, oila qurdik. U uzoq yillar dekorator bolib ishladi. Xalqimizga checha bolib tanilishimga ham aynan teatr sababchi ekanligi meni yanada shodlantiradi. Foto: Daryo Sanatimizdagi qanday kemtiklar qalbingizga ogriq soladi? Oz kasbining professionali bolmagan aktyorlar, rejissyorlarning kopayib borayotgani va ijod qilishayotgani gashimni keltiradi. Istedodi bolsa-da, lekin astoydil intilayotgan, izlanayotgan yoshlarga shu soha boyicha ustoz korib, maxsus bilim olishlarini tavsiya qilaman. Mana shunday ustoz kormagan yosh ijodkorlar filmlarimiz saviyasini tushishiga malum manoda sababchi bolishyapti. Nima bolganda ham chumchuqni qassobning ozi soysin. Shundagina kinoda rivojlanish boladi, sanatimiz sanoatga aylanmaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0