Aurus avtomobillarini kelgusi ikki yilda sotib olish uchun buyurtmalar to‘liq yopilgan

Lyuks klassidagi yangi Aurus rus avtomobillarini sotib olish imkoniyati 2019—2020-yillarda bo‘lmaydi. Bu haqda Sollers kompaniyasining bosh direktori Vadim Shvetsov xabar berdi, deb yozmoqda “RIA Novosti”. Foto: “RIA Novosti”Shvetsovning so‘zlariga ko‘ra, 2019—2020-yillar uchun buyurtmalar qabul qilib bo‘lingani Rossiyada zamonaviy lyuks klassidagi avtomobillarni ishlab chiqarishga qiziqish katta ekanligini ko‘rsatadi.Aurus Rossiyada davlatning birinchi shaxslari uchun yagona modul platformasida yaratilgan lyuks klassidagi “Kortej” loyihasining bozorga chiqariladigan nomi hisoblanadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0