Baltiyskaya sellyuloza Ozbekistonga yiliga 23 ming tonna qogoz yetkazib beradi

31-oktabr kuni Ozbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori Laziz Tangriyev qogoz yetkazib berish boyicha eng yirik rossiyalik hamkor tashkilot Baltiyskaya sellyuloza kompaniyasi bosh direktori orinbosari Yelena Lexnovich boshchiligidagi vakillar bilan uchrashuv otkazdi. Foto: Ozbekiston matbuot va axborot agentligiUchrashuvda 2019-yilda Ozbekistonda katta miqdordagi maktab darsliklari, badiiy, bolalar va ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar nashr qilinishi, albatta, buning uchun zarur boladigan qogoz mahsulotlarini xarid qilish hamda yetkazib berish masalalari atroflicha muhokama qilindi.Shu kunning ozida Baltiyskaya sellyuloza kompaniyasi vakillari OzMAA tizimidagi nashriyot-matbaa korxonalari rahbar va mutaxassislari bilan uchrashib, kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli rejalarini muhokama qilishdi.Malumot uchun aytish kerakki, mazkur tashkilot Rossiya va MDH respublikalariga sellyuloza va qogoz mahsulotini yetkazib beruvchi eng yirik bolgan kompaniya bolib, Ozbekistonning davlat va nodavlat matbaa korxonalari bilan 15 yildan beri hamkorlik qiladi. Bu kompaniya respublikamizdagi matbaa korxonalariga bir yilda 23,0 ming tonnadan ziyod ofset va gazeta qogozini yetkazib beradi.Baltiyskaya sellyuloza kompaniyasi 10 ta davlatdagi 24 ta qogoz ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan hamkorlikni yolga qoyganligi, Rossiya va MDHning 9 ta, shuningdek, Shvetsiya, Finlyandiya, Avstriya, Germaniya, Gollandiya, Buyuk Britaniya, AQSH, Xitoy, Indoneziya, Chexiya, Hindiston, Yaponiya kabi ilgor davlatlarning matbaa korxonalariga qogoz mahsulotlarini yetkazib berishi bilan ham alohida ahamiyatga molik.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0