Ozbekiston pullik avtoturargohlarni tatbiq etishga tayyorgarlik kormoqda

Ozbekiston Ichki ishlar vazirligi 20182022-yillarda Ozbekiston Respublikasida yol harakati xavfsizligini taminlash Konsepsiyasini amalga oshirish boyicha qoshimcha chora-tadbirlar togrisidagi hukumat qarori loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasi uchun elon qildi. Foto: SpotHujjatda yol harakati xavfsizligini taminlash va zamonaviy yol infratuzilmalarini yaratish sohasida davlat-xususiy sherikchik mexanizmini tatbiq etish taklif qilingan. Bunday hamkorlikning bir turi sifatida avtomobil yollari boyida tolov qoidalarini buzishni qayd etuvchi axborot tizimlari bilan taminlangan pullik avtoturargohlar tashkil etish korsatilgan.Qaror loyihasida bunday avtoturargohlar qurish uchun tadbirkorlarga yer uchastkalarini 10 yil muddatgacha ijaraga berish taklif qilingan. Qurilish ishlarini amalga oshiradigan kompaniyalar konkurs asosida tanlanadi. Davlat ushbu jarayonda xususiy sherik tomonidan shartnoma shartlari bajarilishini monitoring qilish bilan shugullanadi, xolos.Pullik toxtash joylari va avtoturargohlardan tushgan pulning bir (30 foizdan ortiq bolmagan) qismini mahalliy byudjetga yonaltirish kozda tutilgan. Bu pullar keyin mahalliy yol infratuzilmasini rivojlantirishga sarflanadi.Qolgan 70 foiz mablag esa, yon-atrofdagi hududning bandlik darajasi va funksional imkoniyatlardan kelib chiqib, tadbirkorning hisobiga ketadi. Ragbatlantirish sifatida bir qator imtiyozlar kozda tutilgan. Xususan, investorlarni 2022-yil 1-yanvarga qadar bir qator tolovlardan ozod qilish kozda tutilgan.Qaror loyihasi boyicha muhokama 14-noyabrga qadar davom etadi. Loyiha ozgartirilishi, toldirilishi va rad etilishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0