HuaweivaSkolkovo fondi birgalikda innovatsion markaz tashkil qiladi

Shu yilning 15-oktabridan 18-oktabriga qadar Skolkovoda (Moskva oblasti) otkazilgan Innovatsiyalar kuni doirasida Huawei kompaniyasi va Skolkovo fondi ozaro hamkorlik borasidagi bitimni imzolashdi. Mazkur bitimda Skolkovo innovatsion instituti hududida qoshma hamkorlik markazini tashkil qilish nazarda tutilgan. Hujjat Huaweikompaniyasining Rossiyadagi tadqiqot markazi direktori Lyuy Juy va Skolkovo jamgarmasining AT klasteri boyicha ijrochi direktori, vitse-prezidentKonstantin Parshin tomonidan imzolandi. Ochiq innovatsiyalar nomi ostida bolib otgan xalqaro innovatsion taraqqiyot forumiga ozbekistonlik delegatlar ham taklif etildi. Tadbirda elektron hukumat Markazi, Mirzo Ulugbek nomidagi innovatsion markaz, Ozbekiston savdo-sanoat palatasi va Ozbekistondagi BMT taraqqiyot loyihasi vakillari qatnashdilar.Mazkur bitim hamkorlik markazi doirasida Huawei va Skolkovo jamgarmasining birgalikdagi tadqiqot faoliyatiga tartibga soladi. AKT-texnologiyalari markazning eng muhim yonalishiga aylanadi. Huawei jamgarmaning ilmiy-texnologik va boshqa mavzudagi konferensiyalari hamda ommaviy tadbirlarida muntazam ishtirok etadi, shu bilan birga, tanlovlar, amaliyetlar, master-klass, maruza, konsultatsiya va seminarlarni tashqil qiladi. Bitimda Huaweiva Skolkovo fan va texnologiyalar institutining kelgusida AKT sohasidagi tadqiqotlar olib boriladigan qoshma laboratoriya ochish istiqbollari ham belgilangan.Uzluksiz ilmiy izlanishlar, tadqiqot va ishlanmalar Huawei faoliyatining eng asosiy yonalishi hisoblanadi. Kompaniyaning yuqori ahamiyatga ega bolgan mazkur strategik jabhasiga biz har yili daromadning 10 foizdan ortiqroq ulushini sarmoya sifatida kiritamiz, va tabiiyki Rossiyaningetakchi ilmiy-tadqiqot klasterlaridan biri bolgan Skolkovo instituti bilan hamkorlikning yolga qoyilishi Huawei uchun bu sohada muhim qadamdir. Bugun imzolangan kelishuv innovatsion jarayonlar uchun ozaro manfaatli sharoitlarni shakllantirish ustida samarali ishlashga zamin yaratib, jahon miqyosidagi loyiha va tashabbuslarni qollab-quvvatlash imkoniyatini taqdim qiladi, deydi Huawei kompaniyasining Rossiyadagi tadqiqot markazi direktori Lyuy Juy.Hamkorlarimizning tadqiqot markazlari Skolkovo innovatsion instituti ekotizimining rivojiga ulkan hissa qoshmoqda. Startaplar Huawei bilan hamkorlikda butun dunyoda qollanadigan yangi mahsulotlar ishlab chiqishda qatnashadilar. Huawei kompaniyasining Skolkovo fan va texnologiya instituti bilan amaliy tadqiqotlar boyicha ozaro hamkorligiga alohida urgu berishni istardim. Innovatsion rivojlanishga bunday kompleks yondashuv bozorda yetakchi pozitsiyalarni egallashga mustahkam poydevor bolib xizmat qiladi, deb takidlaydi Skolkovo jamgarmasining AT klasteri boyicha ijrochi direktori, vitse-prezident Konstantin ParshinJoriy yilda Innovatsiyalar kuni Raqamli Rossiya uchun innovatsiyalar nomi ostida otkazilmoqda. Ushbu tadbirdan kozlangan asosiy maqsad hukumat vakillari, olimlar, operatorlar, industriya va OAV ishtirokida hududiy kolamdagi platformani yaratishdir. Bu galgi tadbirga Rossiya hukumati, yirik bank va operatorlarning 200 nafardan ortiq vakillari tashrif buyurib, Rossiyada raqamli iqtisodiyot istiqbollari, mamlakatning raqamli transformatsiyasida hukumatning orni va toliq intellektual kelajakni yaratish imkoniyatlarini muhokama qildilar.Ochiq innovatsiyalar nomi ostidagi Moskva xalqaro forumi Skolkovo innovatsion markazi tomonidan bu yil yettinchi marotaba tashkil etildi va ananaga kora raqamli texnologiyalarni qollash va ularning kundalik turmushdagi tasiri haqidagi savollar muhokama etiladigan faol bahs maydoniga aylandi. Yaqinda ish boshlangan tadbirkorlar, yosh olimlar va muhandislar mazkur tadbirda hukumat, jamiyat hamda biznesning ilgor texnologiyalar sohasidagi ozaro hamkorligiga doir mexanizmlar, raqamlashtirish va texnik taraqqiyot bilan bogliq risklar, shuningdek, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash istiqbollari yuzasidan oz qarashlarini ortoqlashdilar.Reklama huquqi asosida

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0