Namanganda paxtani uning ostiga yashirilgan tonnalab qum-tuprogi bilan qabul qilib olgan mansabdorlar qolga tushdi

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan Namangan viloyati Pop tumani Pop paxta tozalash kompaniyasi mansabdor va moddiy javobgar shaxslarining jinoiy rejalariga nuqta qoyildi. Bu haqda, Bosh prokuratura huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markaziga asoslanib, UzNews xabar bermoqda. Foto: UzNewsOtkazilgan tezkor tadbirda paxta topshirish maskani brigadiri Furqat Rahimov Shamsiddin-Dildora fermer xojaligida terilgan paxta xomashyosi ostiga yashirilgan 1 tonna tuproq va qumni otkazib berish evaziga Shuhrat Usmonovdan 300 AQSh dollari va 400 ming somni olib, qum va tuproqni jamiyat hududiga tushirib chiqqan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qolga olingan.Shuningdek, tezkor tadbir jarayonida tumandagi Oltin zamin Rasul va Abdurashid ota T fermer xojaliklarining paxta xomashyolari olib kelingan transport vositalarining har birida polietilen qoplarda bolgan 1 tonnadan tuproq va qum borligi aniqlangan. Umuman, uchta fermer xojaligi tomonidan 3 tonna qum va tuproq shu kuni sotilgan 9,694 million somlik paxta xomashyosi orniga otkazilganligi aniqlangan.Yuqoridagi holat yuzasidan Pop paxta tozalash kompaniyasi qoshidagi paxta topshirish maskani brigadiri Furqat Rahimov va kompaniyaning boshqa mansabdor hamda moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi v bandi bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0