Turkmaniston prezidenti yarim million yevroga poyga avtomobili sotib oldi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov “Amul-Hazar” rallisi uchun tayyorgarlik ko‘rgan poyga avtomobili uning uchun Germaniyadan 520 ming yevro evaziga sotib olingan. Bu haqda Turkmaniston davlat xaridlari portalidagi ma’lumotlarga asoslanib, Tengrinews xabar bermoqda. Foto: TengrinewsPrezident mo‘ljallangan avtomobil 7 iyun kuni sotib olingan bo‘lsa, Turkmaniston prezidenti va uning o‘g‘li Serdar o‘z chizmalari asosida poyga avtomobilini “o‘z qo‘llari bilan” yig‘ib chiqishgan. Berdimuhamedov tomonidan yig‘ilgan avtomobil 20 iyun kuni jamoatchilikka namoyish etilgan edi.Iyul oyi boshida Turkmaniston prezidenti Germaniyadan olib kelingan mashinasida sinov yurishini amalga oshirib, so‘ng “o‘z kashfiyoti”ni yanada mukammallashtirish choralarini ko‘rgan edi.Berdimuhamedov poygaga Mini-Cooper sport avtomobilida ham chiqqan, lekin Germaniyadan olib kelingan avtomobil shumi yoki yo‘q — bunisi aniq emas.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0