Ozbekistonda 2019-yilda tibbiyot xodimlari maoshi 26,5 foizga, oliy talim xodimlari oyligi 1,5 barobarga oshiriladi

Ozbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-oktabr kuni 2018-yilda davlat budjetining kutilayotgan ijrosi, 2019-yilga moljallangan makroiqtisodiy korsatkichlar, budjet-soliq siyosatining asosiy yonalishlari muhokamasiga bagishlangan yigilish otkazdi. Foto: Norma.uzYigilishda Prezident 2019-yilda tibbiyot hamda oliy talim va fan muassasalari xodimlarining maoshlarini oshirish zarurligi haqida fikr bildirdi.Kelgusi yil ham byudjetdan tolanadigan oylik, pensiya va nafaqalarni inflyatsiya darajasidan kam bolmagan miqdorda oshirish siyosatini davom ettirishimiz kerak. Bunda oylik maoshining osishi nisbatan past bolgan ijtimoiy soha xodimlariga asosiy etibor qaratish, jumladan, tibbiyot xodimlarining oyligini 26,5 foizga, oliy talim va fan muassalalari xodimlari ish haqini 1,5 barobarga oshirish zarur, dedi Ozbekiston Prezidenti.Prezident matbuot xizmatidan malum qilishlapricha, 2018-yilda budjet sohasi xodimlari ish haqlari, pensiya va nafaqalarini inflyatsiya korsatkichidan yuqori oshirish bilan birga tarbiyachilar, oqituvchilar, ilmiy xodimlar, profesor-oqituvchilar, madaniyat xodimlarining ish haqlari 30 foizdan 100 foizgacha oshirildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0