Amerikalik mashhur gangster Jeyms Baldjer qamoqxonada oldirildi

Amerikalik mashhur gangster Jeyms Uayti Baldjer 30-oktabr kuni Garbiy Virjiniya qamoqxonasida oldirildi. U umrbod qamoq jazosini otayotgan edi. Bu haqda The Boston Globe gazetasi xabar bermoqda, deb yozadi Kp.ru. Foto: Kp.ruBaldjer yaqinda Oklaxoma shtati qamoqxonasidan Garbiy Virjiniyadagi Xazlton axloq tuzatish muassasasiga otkazilgan edi. 30-oktabr kuni 89 yoshli gangster olik holda topildi qotillikda mafiya bilan aloqasi bolgan boshqa bir mahbus gumon qilinmoqda.Baldjer 19701990-yillarda irlandiyalik yirik jinoiy todaning boshligi bolib, Boston jinoiy dunyosini boshqargan. Shu bilan bir paytda, Uayti FQBning maxfiy aygoqchisi bolgan va mafiyaning boshqa boshliqlari haqidagi malumotlarni yetkazib turgan. Buning evaziga FQB Baldjerni javobgarlikka tortmagan.1990-yillarda Boston mafiyasi bilan AQShning narkotiklarni tarqatishga qarshi kurashish federal boshqarmasi shugullana boshlagan. U mahalliy politsiya bilan hamkorlikda Baldjerga nisbatan shaxsiy surishtiruv otkazgan va bu haqda FQBni xabardor qilmagan.1994-yilda Baldjer qochishga tushgan va uzoq vaqt Amerika hukumatidan yashirinib yurgan. Va nihoyat, 2011-yilda gangster Santa-Monikada (Kaliforniya shtati) qolga olingan. 2013-yilda sud Baldjerni 11 ta qotillikda aybdor deb topgan va ikkita umrbod qamoq muddatiga hukm qilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0