Apple kompaniyasi yangi iPad Pro, MacBook Air va Mac mini qurilmalarini taqdim etdi

Nyu-Yorkdagi taqdimotda Apple yangi mahsulotlarini, jumladan, iPad Pro planshetini taqdim etdi. Bu haqda Spot xabar bermoqda.iPad Pro Foto: SpotEkranlar — LCD ekran, iPhone XR displeyi kabi LCD ekranli True Tone’ni qo‘llab-quvvatlaydi.iPad Pro’ning displeylari kattalashdi — endi ular 11 dyuym. Shu bilan birga, Face ID identifikatori tufayli planshetlar ixchamlashdi. Yangi iPad Pro juda yupqa — qalinligi 5,9 millimetr. Shuningdek, 12,9 dyuymli versiya ham taqdim etildi. Ushbu planshetlar USB Type-C portlari bilan jihozlangan.MacBook Air Foto: SpotYangi MacBook Air’ning eng muhim xususiyati — Retina Display. Gigant alyuminiy ramka o‘tmishda qoldi, lekin ekran 13,3 dyuymligicha qoldi. To‘liq ekran o‘lchamlari 2560?1600 piksel. SD-kartalar uchun slot yo‘q. Ammo qurilmada ma’lumotlar uzatish tezligini oshiradigan Thunderbolt 3 porti mavjud.Touch ID sensori “Hey, Siri”ning imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlovchi yangi T2 chipini o‘z ichiga oladi. T2, shuningdek, SSD bilan ishlaydi va diskdagi barcha ma’lumotlar uchun “ma’lumotlarni tezkor kodlash”ni qo‘llab-quvvatlaydi.Yangi klaviatura mexanizmi yaqinda joriy qilingan MacBook Pro modellarining foydalanuvchilariga ma’lum, ya’ni klaviatura shovqinsiz ishlaydi.Mac mini Foto: SpotYangi Mac mini dizayni odatiy bo‘lsa-da, uning tarkibiy qismlari juda ham taajjublantiradi. Qurilmada kamida ish stoli kompyuterlar uchun mo‘ljallangan yangi to‘rt yadroli Intel protsessori mavjud. Olti yadroli protsessorga ega ixtiyoriy versiya ham mavjud. Maksimal hajmi: operativ xotira — 64 gigabayt. Shunday qilib, hisoblash ko‘rsatkichi (ko‘pi bilan) besh martaga va ishlash grafiki 60 foizga oshdi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0