Superliga. “Lokomotiv” bugun “Metallurg”ni qabul qiladi, AGMK esa “Neftchi” mehmoni bo‘ladi
Bugun, 31-oktabr sanasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Pepsi Superligasining 28-tur o‘yinlariga start beriladi. Kun taqvimidan uchta o‘yin o‘rin olgan. Foto: PFLYuqori oltilikda chempionlik uchun kurash olib borayotgan, ayni damda musobaqa peshqadami “Lokomotiv” o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” klubini qabul qiladi.Quyi oltilik jamoalaridan “Qizilqum” o‘z uyida “So‘g‘diyona” bilan bellashsa, Farg‘ona “Neftchi” O‘zbekiston Kubogi—2018 g‘olibi AGMKni qabul qiladi.Barcha bellashuvlar 18:00 da boshlanadi.Pepsi Superliga28-tur bellashuvlari31-oktabr, chorshanba“Qizilqum”—“So‘g‘diyona” 18:00“Neftchi”—AGMK 18:00“Lokomotiv”—“Metallurg” 18:00
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz