Surxondaryoda 1200 ta korxona umumbelgilangan tartibda soliq tolashga otkazilishi kutilmoqda

Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida umumbelgilangan tartibda soliq tolovchi korxona (yuridik shaxs)lar soni 500 tani tashkil etadi. Soliq islohotlari konsepsiyasiga asosan 2018-yil yil yakuniga kora, ularning soni 1 200 taga oshishi kutilmoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi matbuot xizmati Daryo ga malum qildi. Foto: UzReportSurxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari umumbelgilangan tartibga otayotgan xojalik yurituvchi subyektlar bilan ishlash maqsadida (joriy yil 9 oyi yakuniga kora) 2018-yilni 1 milliard somdan ortiq tovar aylanmasi bilan yakunlashi kutilayotgan yagona soliq tolovchi korxonalarni faoliyat turi va hududi boyicha ajratib, amaliy yordam korsatiladigan 781 ta nomzod xojalik yurituvchi subyektning royxatini shakllantirdi. Mazkur korxonalarga umumbelgilangan tartibda soliq tolashga otishi togrisida yozma xabarnomalar yuborildi.Endilikda har bir tuman (shahar)dagi royxati shakllantirilgan nomzod korxonalarning vakillari Davlat soliq inspeksiyasiga taklif etilib, malakali mutaxassislar tomonidan maxsus oquv mashgulotlari otkaziladi. Shuningdek, Soliq-servis davlat unitar korxonasi masul xodimlari buxgalterlari mavjud bolmagan xojalik subyektlariga elektron hisob-fakturalarini yuritish qoidalarini orgatadi.Umumbelgilangan rejimda soliq tolashga otayotgan har bir korxonaga hududiy davlat soliq xizmati organlaridan xodimlar biriktirilib, birinchi marotaba topshiriladigan hisobotlar yoki toldiriladigan elektron hisobvaraq-fakturalari birgalikda amalga oshiriladi hamda 2019-yil davomida bevosita amaliy yordam korsatib boriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0