Daryo surishtiruvi: Samarqandda haydovchi piyodani urib yuborib, uni shifokorga olib bormay uyida saqladi. Jabrlanuvchi vafot etdi

Joriy yilning 12-avgust kuni erta tong soat taxminan 05:20 atrofida Urgut tumani Kulolli mahallasi Navoiyshoh kochasi 146-uy oldida U.A. ismli shaxs ozi boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomobilda qarama-qarshi yonalishda harakatlanib ketayotgan Urgut tumani Yuqori Torinjak mahallasida yashovchi 1989-yilda tugilgan fuqaro Sherzod Sultonovni urib yuborgan. Natijada Sherzod Sultonov boshidan tan jarohati olgan. Qiziq tomoni shundaki, haydovchi U.A. jabrlanuvchini shifoxonaga emas, balki oz uyiga olib ketgan. Aynan shundan song kishi tasavvuriga sigdira olmaydigan voqealar sodir bolgan. Foto: DaryoBosh qismidan tan jarohati olgan Sherzod Sultonov oz vaqtida shifoxonaga olib borilmaganligi sababli oradan 3 kun otib, aniqrogi 15-avgust kuni Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyat filialida vafot etgan. Foto: DaryoMazkur holat boyicha Daryo muxbiri Farhod Norbotayev marhumning ota-onasi va yaqinlari bilan suhbatda bolib qaytdi. Biz oglimiz avtohalokatga uchraganini oradan yetti soat otgandan song xabar topdik, deydi marhumning otasi Rajab Sultonov. Sababi, avtohalokatdan song haydovchi oglimni shifoxonaga olib bormagan. Voqea sodir bolganidan song 10 daqiqa otib ozim osha yerdan otdim. Haydovchi oglimni voqea joyiga tashlab qochib ketgan taqdirda ham ozim vaqtida shifoxonaga olib borardim. Avtohalokat erta tongda bolgani uchun kopchilik kormagan. Korganlar ham u mening oglim ekanligini bilishmagan. Foto: DaryoRajab Sultonovning malum qilishicha haydovchi U.A. jabrlanuvchi Sherzod Sultonovni urib ketganidan song uni oz mashinasida uyiga olib borgan. U.A. akasi A.A.ga mashinasida odam urib yuborganligini, uni shifoxonaga olib borish lozimligini aytgan. Biroq, A.A. jabrlanuvchini shifoxonaga olib borsa ortiqcha tashvish paydo bolishi, qolaversa qogozbozlig-u, militsiyabozlik kopayib ketishini aytib, jabrlanuvchini ozlari davolashmoqchi bolishgan. Aslida oglimni U.A. urib yuborgan. Ammo u voqeani akasi A.A.ga aytib berganidan song, akasi uni ishga ketaverishini, masalani ozi hal qilishini aytib haydovchini boshqa joyga yuborgan. A.A. esa avtohalokatga sababchi bolgan Nexia rusumli avtomobilni uyga qoyib, Spark rusumli avtomobilda oglimni boshqa bir uyga olib borgan, deydi jabrlanuvchining onasi Fotima Rasulova. Shifokorlarning aytishicha, avtohalokatdan song togri shifoxonaga olib borganida oglim tirik qolishi mumkin ekan. Biroq, ular 5 soatdan kop vaqt davomida oglimni oz uylarida ozlaricha davolashga uringan. Foto: DaryoMalum bolishicha, haydovchi U.A. ning akasi A.A. jabrlanuvchi Sherzod Sultonovni avtohalokat sodir bolgandan song uyiga olib borib, turli yollar bilan davolashga harakat qilgan. Biroq, ular korsatgan yordam natijasida jabrlanuvchining salomatligigaga hech qanday ozgarish bolmaganidan song uni soat taxminan 10:40 atrofida tuman markaziy shifoxonasiga olib borshigan.8 yildan buyon xususiy stomatologiya klinikasida tish yasovchi vrach sifatida ishlab kelgan Sherzod Sultonovning 3 nafar farzandi bolgan. Katta farzandi shu yil birinchi sinfga qadam qoygan bolsa, kichik farzandi endigina uch oylik bolgan. Foto: Daryo Avtohalokatdan song haydovchiga nisbatan hech qanday chora kormadi. Ushbu voqeadan 15 kun otgan bolsa-da U.A. hech narsa bolmagandek yuraverdi. Oxiri Ozbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga, Prezidentning vertual qabulxonasiga murojaat qildik, deydi Rajab Sultonov. Ammo, masalaning boshqa tomoni bor. Oglimni 5 soat davomida uyda saqlab, uni shifoxonaga olib bormagan A.A.ga nisbatan hech qanday chora korilmayapti. Nega? Axir, u avtohalokatga uchragan oglimni shifoxonaga olib borish orniga oz uyida saqlab turgan-ku?!Malum bolishicha, haydovchi U.A.ning akasi A.A. dori vositalari savdosi bilan shugullanib kelgan. U oz uyida Sherzod Sultonovga turli ogriq qoldiruvchi dorilar orqali yordam berishga uringan. Biroq ularning bemorga qollagan dori vositalari hech qanday yordam bermaganidan song soat 10:40 atrofida tuman markaziy shifoxonasiga olib borishgan. Ajablanadigan jihati shundaki, A.A shifokorlarga bemorni avtohalokatdan emas, balki uydagi ustalarga yordam berayotgan vaqtda devordan yiqilib tushdi deb aytgan. Foto: Daryo Sentabr oyining oxiri, oktabr oyining boshlarida Urgut tumaniga kelgan Xalq demokratik partiyasi raisi Hotamjon Ketmonovni tasodifan uchratib qoldim. Prezidentlik saylovida nomzodini qoygani uchun tezda tanib, turmush ortogim bilan sodir bolgan voqeani aytdim. Biz chamasi 15 daqiqacha suhbatlashdik. Bolgan voqealarni eshitib, mazkur holatni toliq nazoratga olishini bildirib otdi. Qolaversa, bu masalani tuman hokimi bilan muhokama qilishini aytib, tuman hokimligiga chaqirdi. Biz tuman hokimligiga bordik. Ammo avvaliga hokimlikga bizni kiritishni istamadi. Hotamjon Ketmonovning talabi bilan bizni yigilishga kirishimizni aytganidan song hokimlik vakillari majlis boladigan zalga bizni kiritishga majbur bolishdi, deydi Sh.Sultonovning turmush ortogi Momina Rasulova. Foto: DaryoAyni paytda Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan 2018-yilning 7-sentabr kuni haydovchi U.A.ga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan ayblov elon qilinib, ehtiyot chorasi sifatida qamoq chorasi qollanilgan. Hozirda mazkur holat boyicha dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Foto: DaryoAvtohalokat natijasida boshidan tan jarohati olib, vafot etgan Sherzod Sultonov bilan bogliq jinoyat ishi nega ortga surilib, marhumning yaqinlari respublikaga qilgan murojaatidan song jiddiy tarzda organishga kirishilayotganligini tushunish qiyin.Urgut tuman miqyosida ushbu jinoyatni oz vaqtida korishni ortga surilganligining sababi nimada?Qolaversa, avtohalokatga uchragan odamni shifoxonaga olib bormay, oz uyida davolashga uringan A.A.ga nisbattan qanday chora koriladi?Daryo mazkur holat yuzasidan voqealar rivojini kuzatib boradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0