Tramp tugilganlik huquqi boyicha AQSh fuqaroligini taqdim etishni bekor qilish niyatida

AQSh prezidenti Donald Tramp Qoshma Shtatlar hududida dunyoga kelgan, biroq fuqaroligi bolmagan shaxslarning farzandlariga tugilganlik huquqi boyicha fuqarolikni toxtatish haqidagi farmonni imzolash rejasini malum qildi. Bu haqda davlat rahbari HBO kanalining Axios dasturidagi intervyusida malum qildi, deb yozadi ForumDaily. Foto: ForumDailyMenga doim buning uchun konstitutsion tuzatish talab etilishini aytishgan. Bilasizmi nima? Tuzatish kerak emas! Buni Kongress tomonidan tegishli aktni qabul qilish orqali amalga oshirish mumkin, biroq ular buni shunchaki ijroiya farmoni chiqarish yoli bilan amalga oshirishim mumkinligini malum qilishmoqda, dedi Tramp.Biz bu yerga kelib, farzandini dunyoga keltirgan shaxslarning farzandi Qoshma Shtatlarning fuqarosiga aylanadigan dunyodagi yagona mamlakatmiz, dedi prezident. Biroq bu masalada davlat rahbari biroz yolgon gapirdi WorldAtlasga kora, dunyo boyicha 30 ga yaqin mamlakat tugilganlik huquqi boyicha fuqarolikni taqdim etadi. Bu royxatga jumladan, Kanada, Meksika, Braziliya, Argentina va Chili ham kiradi.Tramp bu kulgili ekanligi va tugatilishi lozimligini qoshimcha qildi. U bu masalani allaqachon huquqshunoslar bilan muhokama qilganligi va ijroiya farmonini tayyorlash jarayoni boshlanganligini malum qildi.Kopchilik huquqshunoslar prezidentning bu kabi farmoni Oliy sud sinoviga dosh bera olishiga shubha qilmoqda.Konstitutsiyaga 14-tuzatishda bu masalada aniq soz yuritiladi: AQShda dunyoga kelgan shaxslar AQSh va ular istiqomat qiluvchi davlatlarning fuqarolari hisoblanadi, deydi Hukumat ustidan nazorat loyihasi eksperti Sara E.Turbervil.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0