Germaniyalik feldsher 100 nafar bemorni o‘ldirganini tan oldi

Germaniyalik sobiq feldsher Nils Xegel sud eshituvi davomida 100 nafar bemorni o‘ldirgani yuzasidan qo‘yilgan aybni tan oldi. Bu haqda Meduza xabar berdi. Foto: DWProkuratura uni Oldenburg shahridagi klinikada 36 nafar va Delmenxorst shahridagi klinikada yana 64 kishini o‘ldirganlikda ayblamoqda. Qurbonlarning eng kichigi 34 yoshda, eng keksasi 96 yoshda bo‘lgan. Tergov talqiniga ko‘ra, Xegel bemorlarni shuhratparastlik va o‘z hamkasblari oldida maqtanish istagi sababli o‘ldirgan.Xegel bir umrlik qamoq jazosini o‘tamoqda. Jazo 2015-yilda tayinlangan, u olti kishini o‘ldirganlikda aybdor deb topilgan, biroq u o‘sha vaqtda 30 ta qotillikni norasman tan olgan.Ikkita qotillik uchun birinchi jazo 2008-yilda belgilangan, o‘shanda qamoq muddati yetti yarim yilni tashkil qilgan. Uning jinoyatlari tasodifan fosh bo‘lgan — feldsherning hamkasblaridan biri uning bemorga kuchli ta’sir qiluvchi preparat yuborayotganini ko‘rib qolgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0