Amazon rahbari ikki kunda 19 milliard dollar yo‘qotdi

Dunyoning eng boy odami deb hisoblanadigan Amazon kompaniyasi rahbari Jeff Bezos so‘nggi ikki kun ichida 19,2 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Foto: “Korrespondent.net”Ta’kidlanishicha, bunday yo‘qotishlar Amazon aksiyalarining 26-oktabrda 7,8 foizga, 29-oktabrda esa 6,3 foizga tushib ketishi natijasida yuz bergan. Aksiyalar narxining tushishiga kompaniya daromadining prognozlardagidan pastroq bo‘lgani sabab bo‘lgan.Qayd etilishicha, ayni vaqtda Bezosning boyligi 128,1 milliard dollarga teng. Bunda u hali ham dunyoning eng boy odamlari qatorida birinchi o‘rinda turibdi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0