Pashinyan Armaniston bosh vazirligiga yagona nomzod bo‘lib qoldi

Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyan mamlakat hukumati rahbarligi lavozimiga yangona nomzod hisoblanadi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi. Foto: “RIA Novosti”Ta’kidlanishicha, nomzodni ilgari surish uchun belgilangan muddat o‘z nihoyasiga yetgan. Mamlakat bosh vazirligiga Pashinyandan boshqa nomzod mavjud emas. Ovoz berish 1-noyabrga rejalashtirilgan.24-oktabrda Armaniston parlamenti maxsus yig‘ilishda hukumat rahbarligiga Pashinyan nomzodini rad etgan va shu tariqa qonunchilik organining tarqalish jarayonini boshlab bergan.Pashinyan 16-oktabrda iste’foga chiqqan edi. Shu tariqa u parlamentni tarqatib yuborish uchun formal sababni yuzaga keltirishni ko‘zlagan. Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, hukumat rahbarining iste’fosidan keyin parlament ikkita yig‘ilishda yangi bosh vazirni saylay olmasa, u tarqatib yuborilishi mumkin.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0