Xalq banki malakali mutaxassislar tanlovini e’lon qildi

Xalq banki veb va mobil dasturlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha IT xodimlar uchun tanlov e’lon qildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Foto: O‘zAXodimlarning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:Bankning jismoniy va korporativ mijozlari uchun veb va mobil ilovalarga xizmat ko‘rsatadi;iOS va Android platformalaridagi dasturlarni ishlab chiqish, testdan o‘tkazish va mavjud ilovalarni optimallashtirish bo‘yicha jamoaviy jarayonlarda ishtirok etadi;Axborot texnologiyalari boshqarmasi vazifalari va funksiyalariga mos ravishda bankning tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi;Bank rahbariyatining axborot texnologiyalari sohasiga kiruvchi topshiriqlarini bajaradi;Axborot texnologiyalari va ma’lumotlar bo‘yicha elektron amaliyotlarni rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat qilish va baholash;Axborot texnologiyalari xodimlarini ishga yollash, o‘qitish va kouchingi, ishidan kutilayotgan natijalar va samaradorligini baholash orqali boshqarish;Tizim auditini o‘tkazish va natijalarini baholash;Bankning axborot texnologiyalarga oid yillik hisobotini tayyorlash va xarajatlar samaradorligini ta’minlash.Ma’lumoti va tajribasi:Tegishli ish sohasida bakalavr darajasi talab qilinadi, ilmiy daraja ma’qullanadi;Axborot texnologiyalari sohasida ish tajribasi, axborot texnologiyalari menejeri sifatida yangi texnik mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy etish sohasida ish tajribasi;Axborot texnologiyalari va vositalari bo‘yicha a’lo bilimlar va tajribaga ega ekanligi.Ma’qullanadigan ko‘nikmalar:Tegishli tuzilma doirasida har qanday dasturlash tilini bilish;Bank tizimining konsepsiyalari, prinsiplari, barcha texnik va texnologik resurslar haqida kompleks bilimga ega ekanligi;Bank biznesi va uni qo‘llab-quvvatlovchi jarayonlar haqida keng tushunchaga ega ekanligi;Xorijiy tillarni (rus, ingliz va boshqa) bilish ma’qullanadi.Ish haqi kelishuv asosida.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0