Nukusda chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketmagani uchun 98 kishi jarimaga tortildi

Nukus shahrida chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketmagani uchun 6 oy ichida 98 kishi 23 million  so‘mlik jarimaga tortildi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”. Foto: “Turon 24”Joriy yilning o‘tgan yarmi davomida 8 yuridik shaxsdan qariyb 5 million so‘m jarima undirildi. Hozirga qadar Nukus shahridagi jami 58 ta mahallada tushuntirish ishlari olib borilgan.2018-yilning yanvar—iyun oylari mobaynida Qoraqalpog‘istonda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan chiqindilar noqonuniy joylashtirilgani, belgilanmagan joyga tashlangani va saqlangani uchun 305 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0