Ozbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish bilan Ozbekkosmos shugullanadi

Ozbekistonda kosmik faoliyatni rivojlantirish togrisidagi farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchunelon qilindi, debyozadiTuron 24 AA. Foto: InstagramQayd etilishicha, Ozbekistonda kosmik tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish uchun zarur bolgan tajriba, intellektual resurslar va bazaviy kosmik infratuzilmalar mavjud.Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (Ozbekkosmos) sohani tartibga soladi. U kosmik sohani rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati va strategik yonalishlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga masul davlat boshqaruvi organi boladi.Ozbekkosmos agentligi huzurida Ilmiy-texnik va ekspert kengashi tashkil etish kozda tutilgan. Uning tarkibidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Mudofaa, Innovatsion rivojlanish vazirliklari, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri boyicha, Geologiya va mineral resurslar boyicha davlat qomitalari hamda Fanlar akademiyasidan vakillar orin oladi.2019-yil 1-fevralga qadar Kosmik faoliyat togrisidagi qonun loyihasi, 2018-yil 20-dekabrga qadar Kosmik sohani 2019 2029-yillarda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi, 2019-yil 1-noyabrgacha esa Kosmik sohani 2019 2029-yillarda rivojlantirish boyicha davlat dasturi loyihasi tayyorlanadi.2019-yil 1-sentabrga qadar Toshkent davlat texnika universiteti, Ozbekiston milliy universiteti va Toshkent davlat axborot texnologiyalari universitetida Amaliy kosmik texnologiyalar kafedralari tashkil etiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0