NATO yangi qurollanish poygasini xohlamasligini ma’lum qildi

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Rossiya—NATO kengashida O‘rta va yaqin uzoqlikdagi raketalar bo‘yicha shartnoma mavzusi bo‘lish-bo‘lmasligi yuzasidan berilgan savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob bermadi. U alyans Rossiyadan javob kutayotganini va yangi qurollanish poygasini xohlamasligini ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”. Foto: “RIA Novosti”Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp uning mamlakati O‘rta va yaqin uzoqlikdagi raketalar bo‘yicha shartnomaga boshqa amal qilmaslikni ko‘zlayotganini va undan chiqishini ma’lum qilgan. Trampning fikricha, Moskva mazkur shartnomani buzmoqda. Voqealar rivojining bu ssenariy bo‘yicha rivojlanishi Yevropada xavotirni yuzaga keltirdi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0