Andijonda Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari doirasida 42 ta kichik sex tashkil etildi

Andijon viloyatida Obod qishloq va Obod mahalla dasturlari doirasida 42 ta kichik sex tashkil etilib, 1000 dan ortiq xotin-qiz ishga joylashtirilgan. Bu haqda OzA xabar bermoqda. Foto: OzATuman, shahar xotin-qizlar qomitalaridan saylangan delegatlar, mutasaddi idoralar va hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etgan anjumanda Andijon viloyati hokimi orinbosari, viloyat xotin-qizlar qomitasi raisi Manzura Yunusovaning hisoboti tinglandi.Hisobotda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, bandligini taminlash, reproduktiv salomatligini yaxshilash, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ogir sharoitda yashayotgan ayollarga korsatilayotgan yordamlar, oilalarni mustahkamlash, ajrimlarning, shuningdek, xotin-qizlar ortasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar ham tahlil qilinib, bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirish zarurligi takidlandi.Anjuman ishtirokchilari tomonidan Ozbekiston Xotin-qizlar qomitasi Nizomiga tegishli ozgartirish va qoshimchalar kiritish boyicha takliflar bildirildi.Konferensiyada korilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi, shuningdek, respublika xotin-qizlar konferensiyasiga delegatlar saylandi. Bir guruh ilgor va faol xotin-qizlar faxriy yorliq va esdalik sovgalar bilan taqdirlandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0