Namanganda 521 fuqaro tadbirkorlik faoliyatini qayta tikladi

Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi viloyat bolimi, Ozbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi hamkorligida Soliq qarzining paydo bolish sabablari, tolovlarning amalga oshirilishida uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yollari mavzuida seminar otkazildi. Bu haqda OzA xabar bermoqda. Foto: OzAPrezidentning joriy yil 27-iyuldagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi farmoni ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda soliq qarziga ega 186 nafar jismoniy shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar ishtirok etdi. Mutasaddi soha vakillari ularga tadbirkorlik va moliya-xojalik faoliyatini tiklash, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat royxatidan otkazish boyicha zarur tavsiyalar berdi.Olib borilgan targibot-tashviqot ishlari natijasida 521 nafar fuqaro tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklab, belgilangan tartibda davlat royxatidan otishi bilan ulardagi 134,1 milliard somlik soliq qarzi hisobdan chiqarildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0