Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi majburiy mehnatga qarshi kurashish uchun grant tanlovi elon qildi

Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi jamoat fondi Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini taminlashda jamoatchilik nazoratini yuksaltirish mavzusida davlat granti qoshimcha tanlovini elon qildi. Bu haqda OzA xabar bermoqda. Foto: OzATanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirishni nazarda tutgan loyihalari qabul qilinadi: Fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini va qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini, ularga rioya etilishini keng targib qilish. Majburiy mehnatning oldini olish boyicha davlat organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qilish organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish. Mehnat qonunchiligi talablarining bajarilishi, majburiy mehnatga yol qoymaslik yuzasidan aholi bilan ochiq muloqot mexanizmlarini joriy etish. Uyushmagan, ishsiz fuqarolar bandligini taminlashga, ularni tadbirkorlik va oilaviy biznesning turli shakllariga keng jalb qilishga komaklashish. Davlat vakillik organlarining fuqarolarni kafolatlangan mehnat huquqlarini taminlash masalalari boyicha hududiy komissiyalari bilan hamkorlikda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish. Bolalar mehnati va majburiy mehnat masalalari boyicha muvofiqlashtiruvchi kengash bilan hamkorlikda erishilgan ijobiy natijalar barqarorligini taminlash chora-tadbirlariga komaklashish. Bitta loyiha uchun davlat granti miqdori 30 million somgacha.Hujjatlar 2018-yil 26-oktabrdan 28-noyabrgacha qabul qilinadi.Hujjatlar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi nomiga 100163, Toshkent shahri, Islom Karimov kochasi, 43-uy manziliga Ozbekiston pochtasi orqali muhrlangan konvertda (A4 formatda) yuborilishi shart.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0