Gallaorolik ikki nafar fuqaro aliment qarzini tolamaganligi sababli 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi

Fuqarolik ishlari boyicha Gallaorol tumanlararo sudining 2017-yil 21-avgust kungi ijro varaqasiga kora, qarzdor Mardonovdan undiruvchi Mardonova foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taminoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromdalarining 1/3 qismi miqdorida aliment tolashi lozim. Lekin, Mardonov shu kunga qadar jami 4 million 571 ming som aliment pulini tolamasdan, voyaga yetmagan farzandini moddiy taminlashdan boyin tovlagan, deb xabar beradi Majburiy ijro byurosi Gallaorol tuman bolimi matbuot xizmati. Foto: Majburiy ijro byurosi Gallaorol tuman bolimi matbuot xizmatiShuningdek, fuqarolik ishlari boyicha Gallaorol tumanlararo sudining 2016-yil 8-aprel kungi ijro varaqasiga kora, qarzdor Qudratovdan undiruvchi Boymanova foydasiga 1 nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taminoti uchun oylik ish haqi va boshqa daromadalarining 1/4 qismi miqdorida aliment tolashi lozim. Biroq, Qudratovning bugungi kunda alimentdan bolgan qarzdorligi jami 7 million 773 ming som tashkil etgan.Majburiy ijro byurosi Gallaorol tuman bolimi davlat ijrochilari tomonidan bir necha bor ogohlantirilgan ushbu qarzdor fuqarolar aliment tolovidan qochib yurdi.Shunga asosan, Majburiy ijro byurosi Gallaorol tuman bolimi davlat ijrochisi tomonidan fuqarolar Shavkat Mardonov va Sherzod Qudratovga nisbatan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qarzdorlarga nisbatan mamuriy qamoq jazosini qollash yuzasidan toplangan hujjatlarni korib chiqish uchun Gallaorol tuman Mamuriy sudiga yuborildi va ushbu hujjat ishi sayyor sud tarzida korib chiqildi.Mazkur sudning 2018-yil 23-oktabrdagi qaroriga kora, qarzdorlarga nisbatan Ozbekiston Respublikasi MJtK 474-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topildi va shu modda bilan 15 sutka mamuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0