Aqtobeda 52 ozbekistonlikning halokatiga sabab bolgan fojia aybdorlari 7 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin

Aqtobeda 52 nafar yolovchisi bilan yonib ketgan avtobus haydovchilariga davlat qoralovchisi 5 yil ozodlikdan mahrum etish jazosini soradi, deb xabar beradi Zakon.kz. Foto: Zakon.kzTransport kompaniyasining mexanigi va direktori esa yetti yilga qamalishi mumkin.30-oktabr kuni jinoyat ishlari boyicha ixtisoslashgan tumanlararo sudida ish boyicha tinglov bolib otdi.Sudda davlat qoralovchisi Osman Orinbosar ogli avtobusning uch nafar haydovchisi Barat Tanatov, Maksat Pernebekov va Nurjan Qirgizboyevlarni Qozogiston respublikasi jinoyat kodeksining 292, 345-moddalariga kora aybdor deb topilishini va ularga nisbatan besh yil muddatga ozodlikdan, 7 yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etish jazosini tayinlashni, shuningdek yolovchi tashish sohasida ishlash huquqidan mahrum etishni soragan.Aziatranzitservis korxonasi direktori Nurlibek Tlepbayev va mexanigi Bahodir Pardaboyevlarni esa prokuror jinoyat kodeksining 254, 348, 384-moddalari boyicha aybdor deb topdi hamda ularga nisbatan yetti yilga ozodlikdan mahrum etish, rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum etish va besh yil davomida yolovchi tashish sohasida faoliyat yuritish huquqini taqiqlash jazosini soradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0