Toshkentda xalqaro innovatsion goyalar haftaligi bolib otdi (foto)

2325-oktabr kunlari Ozekspomarkaz majmuasida xorijiy ilmiy-innovatsion markazlar, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklari va biznes inkubatorlarining faol ishtirokida InnoWeek-2018 Xalqaro innovatsion goyalar haftaligi bolib otdi. Bu haqdaInnovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmatiHaftalikda jami ishtirok etganlar soni (tashrif buyuruvchi beyjigi rasmiylashtirilgan holatda) 5278 nafarni tashkil etgan bolsa, vazirlik, davlat idoralari va xojalik boshqaruv organlaridan ishtirok etgan mutaxassislar 318 nafarga yetdi.Xorijiy va mahalliy ishbilarmonlar hamda yirik kompaniyalardan 668 vakil qatnashdi, oliy talim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan ishtirok etgan mutaxassislar soni 1966 tani tashkil etdi.Umumtalim maktab oquvchilari ham faol bolishdi, ulardan 537 oquvchi keldi. Diniy idoralar ulamolari Xalqaro korgazma qiziqish bildirib, haftalik davrida ulardan 214 vakili tashrif buyurdi. Tijorat banklaridan esa 65 nafar hodim InnoWeekda ishtirok etdi.Xalqaro investitsion-innovatsion forumda 54 nafar spiker turli mavzularda ozlarining maruzalari bilan qatnashdi.Korgazmada xorijiy va mahalliy hamkorlar bilan jami 259,59 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish boyicha bitimlar va 1,7 milliard som miqdorida oldi-sotdi shartnomalari imzolandi. Ularning soni esa 38 tani tashkil etdi.Xalqaro innovatsiyalar korgazmasida oz innovatsion ishlanmalari bilan Andijon tibbiyot instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Toshkent avtomobil yollarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti, Toshkent axborot texnologiyalar universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari ishtirok etdi.Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qomitasi, Ozbekiston temir yollari AJ, Elektron hukumat taraqqiyot markazi, Navoiy KMK, Ozmetkombinat AJ singari davlat va xojalik boshqaruvi organlarining innovatsion ishlanmalari Yarmarkaga tashrif buyurgan mehmonlarda katta qiziqish uygotishdi.MADX kompaniyasi (Avstriya) ishlab chiqqan chiplar yordamida allergologik kasalliklar boyicha 24 nafar respondent Allergotest tahlilini topshirdi.Innovatsion goyalar haftaligi doirasidagi uchinchi katta tadbir - International Robotics Challenge xalqaro robototexnika musobaqasida 6 mamlakatdan 24 ta xorijiy va 40 ta mahalliy jamoa, 200 ga yaqin ishtirokchilari qatnashdi. Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0