Rostov-Donda o‘tkazilgan “Katta palov” festivalida 1000 dan ortiq kishiga taom tarqatildi (foto)
Rostov-Donda o‘tkazilgan “Katta palov” festivalida shahardagi ilk kulinariya rekordi o‘rnatildi, deya xabar beradi “Bolshoy Rostov”. Foto: “Bolshoy Rostov”Rasulovlar sulolasining vakili, toshkentlik Hasan hoji Rasulov 1000 porsiyadan oshiq palov tayyorladi. Unga bu borada Bahriddin Chustiy, O‘zbekiston bosh oshpazlar assotsiatsiyasi faxriy a’zolari Hakim G‘aniyev va Hamid Umarov, “Vkusniy Uzbekistan” loyihasi tashabbuskori Sergey Danilov ko‘mak berdi. Foto: “Bolshoy Rostov”Festival doirasida Rostovning eng yaxshi jamoalari konsert dasturi bo‘lib o‘tdi, sovg‘alar o‘ynaldi. Foto: “Bolshoy Rostov”Tadbirga kelganlarning barchasi haqiqiy o‘zbek palovini totib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi. Foto: “Bolshoy Rostov”
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz