OzbekistonHindiston: madaniyatlar muloqoti korgazmasi oz ishini yakunladi

Dehlida OzbekistonHindiston: madaniyatlar muloqoti korgazmasi oz ishini yakunladi. Bu haqda Ozbekistonning Hindistondagi elchixonasi matbuot xizmati Daryoga malum qildi. Foto: Ozbekistonning Hindistondagi elchixonasiOzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindistonga davlat tashrifi arafasida Hindiston milliy muzeyida ochilgan korgazma bir oy 25-sentabrdan 25-oktabrga qadar davom etdi.Korgazma hind auditoriyasida katta qiziqish uygotdi, unga 7 mingdan ortiq odam, jumladan, taniqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, diplomatlar, OAVlari va akademik doiralar tashrif buyurdi. Foto: Ozbekistonning Hindistondagi elchixonasiHindiston milliy muzeyi bir oy davomida Ozbekiston va Hindiston xalqlarining diniy va madaniy qadriyatlarini namoyon etuvchi noyob qolyozmalar va miniaturalarni tashrif buyuruvchilar etiboriga havola qildi.Korgazmaning yopilish marosimi ham mehmonlarning keng davrasini topladi. Ozbekistonning Hindistondagi elchisi Farhod Arziyev tadbirda chiqish qila turib loyiha hamkorlari va tashkilotchilariga minnatdorlik bildirdi.Ozbekistonning Dehlidagi elchixonasi Hindiston milliy muzeyiga Mahatma Gandining Ozbekistonda ozbek tilida chop etilgan Mening hayotim (The story of my life) asarini sovga qildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0